• Psixologiyaning tarmoqlari. Psixologiyaning alohida tarmoqlarini
  • Kasbiy faoliyat psixologiyasi




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/107
    Sana12.02.2024
    Hajmi1,72 Mb.
    #155085
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   107
    Bog'liq
    Kasbiy faol psix Darslik

    7. Iqtisodiyot bilan kasbiy psixologiyaning o‗zaro aloqasi va hamkorligi ham 
    yangilik bo‗lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‗tish 
    sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o‗ziga xos namoyon bo‗lish 
    qonuniyatlarini o‗rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi. O‗zbekiston Prezidenti 
    SH.M. Mirziyayev fuqarolarda, birinchi noavbatda, yoshlarda yangicha iqtisodiy 
    tafakkur shakllanishining jamiyat iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatiga e‘tiborni 
    qaratmoqda. Demak, yangi davr shaxsini tarbiyalash va uning jamiyatga 
    moslashuvi masalasida kasbiy psixologiya iqtisodiyot fanida qo‗lga kiritgan 
    yutuqlar, yangiliklar va iqtisodiy samaraga erishish omillarini hisobga olsa, 
    iqtisodiyot o‗z novbatida iqtisodiy islohotlarning ob‘ekti hamda sub‘ekti bo‗lmish 
    inson omilidagi barcha psixologik o‗zgarishlarni aniqlash, taxlil qilish va shu 
    asnoda bashorat qilish vazifasini yechishi kerak. 
    Yuqorida ta‘kidlangan fan tarmoqlari kasbiy psixologiya bilan bevosita uzviy 
    aloqada rivojlanadigan fanlarning asosiy qismi xolos. Bugungi kunda har bir fan 
    rivoji uchun inson omilini hisobga olish zarur ekan, kasb psixologiyasi o‗sha 
    barcha fanlar bilan aloqada va hamkorlikda rivojlanadi. Bu tibbiyot, qishloq 
    ho‗jaligi, kimyo va oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati, xuquq va 
    madaniyatshunoslik kabi o‗nlab fan sohalaridir. 
    Yuqoridagi fikrlar va kasbiy psixologiya bilan bevosita aloqador bo‗lgan 
    fanlarning xarakteriga bog‗liq tarzda bugungi kunda psixologiyadan nisbatan 


    23 
    aloxida bo‗lib ajralib chiqqan tarmoqlar to‗g‗risida ham fikr yuritish mumkin. 
    Psixologiyaning 
    tarmoqlari. 
    Psixologiyaning 
    alohida 
    tarmoqlarini 
    differensiatsiya qilish eng avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan 
    sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani 
    inson shaxsi xaqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan 
    olmoqda. Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. 
    Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy-
    gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson 
    shaxsi faoliyat ko‗rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib 
    borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, 
    odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor normalarini bilish va shunga ko‗ra ish 
    olib borish muhimdir. Shuning uchun xozirgi davr mutaxassislari psixologik 
    bilimlardan boxabar bo‗lishlari lozimdir. 
    Psixologiyaning 300dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi 
    kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat 
    beradi: masalan, 


    Download 1,72 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   107




    Download 1,72 Mb.
    Pdf ko'rish