24
muxandislik psixologiyasi — avtomatlashtirilgan
boshqaruv sistemalari
operatorining faoliyatini,
odam — texnika o‗rtasida funksiyalarni taqsimlash va
muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o‗rganadi;
yuridik psixologiya — huquq sistemasining amal qilishi bilan bog‗liq
masalalarning psixologik asoslarini o‗rganadi;
harbiy psixologiya — kishining harbiy harakatlar
sharoitida namoyon
bo‗ladigan
xulq-atvorini,
zobitlar
bilan
oddiy
askarlar
o‗rtasidagi
munosabatlarning psixologik jihatlarini o‗rganadi;
savdo psixologiyasi — jamiyatda tijoratning psixologik shart-sharoitlari,
ehtiyojning
individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat
ko‗rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Bu sohadan ajrab chiqqan, modalar
psixologiyasi inson didi va uning xulqda aks etishi
kabi qator masalalarini
o‗rganadi;