Kasbiy faoliyat psixologiyasi




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/107
Sana12.02.2024
Hajmi1,72 Mb.
#155085
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107
Bog'liq
Kasbiy faol psix Darslik
giologiya, Mavzu 3d- max dasturida obyekt yaratish-fayllar.org, Xasanova Gulyoraxon algoritmlash
Test metodi oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari 
sirasiga kirib, ular yordamida biror o`rganilayotgan hodisa xususida kam sifat, kam 
miqdor xarakteristikalarini olish, ularni ko`pchilikda qayta-qayta sinash va 
ma‘lumotlarni korrelyatsion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin. Ayni 
testga qo`yilgan talab hech qachon o`zgarmaydi, hattoki, shunday testlar borki, ular 
turli millat va elat vakillarida, turli davrlarda ham o`zgarmagan holda ishlatiladi. 
Masalan, Ravenning aqliy intellektni o`lchash, Kettelning va Ayzenkning shaxs 
testlari shular jumlasidandir. 
Test-surov
oldindan qat‘iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan 
javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi 


31 
introversiya - ekstroversiyani o`lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo`q» tarzida javob 
berish so`raladi. 
Test-topshiriq 
odam xulqi va holatini amalga oshirgan ishlari asosida 
baholashni nazarda tutadi. Masalan, shaxs tafakkuridagi kreativlilikni aniqlash 
uchun ko`pincha bir qarashda oddiygina topshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira 
shaklidagi shakllardan o`zi xohlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi. 
Ma‘lum vaqt va tezlikda bajarilish sur‘ati, rasmlarning o`ziga xos va betakrorligiga 
qarab shaxs fikrlashi jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va kreativligiga baho 
beriladi, miqdoriy ko`rsatkich aniqlanadi. Bu metodlarning umumiy afzalligi ularni 
turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo`llashning qulayligi, bir guruhda natija 
bermasa, boshqa guruhda yana qayta tekshiruv o`tkazish imkoniyatining borligi, 
kamchiligi - ba‘zan tekshiriluvchi, agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib 
qolsa, sun‘iy tarzda uning kechishiga ta‘sir ko`rsatishi, faktlarni falsifikatsiya 
qilishi mumkinligidir. 
Testlar ichida 
proektiv testlar
deb nomlanuvchi testlar ham borki, testning 
asl maqsadi tekshiriluvchiga sir bo`ladi, ya‘ni shunday topshiriq beriladiki, 
tekshiriluvchi topshiriqni bajarayotib, nimani aniqlashi mumkinligini bilmaydi. 
Masalan, mashxur Rorshaxning «siyox dog`lari» testi, yoki TAT (tematik 
appersepsion test), tugallanmagan xikoyalar kabi testlarda bir narsaning 
proeksiyasidan go`yoki ikkinchi bir narsaning moxiyati aniqlanadi. Usha 1921 
yilda kashf etilgan «siyox dog`lari» va ularga qarab tekshiriluvchining nimalarni 
eslayotganligi, dog`lar nimalarga o`xshayotganligiga qarab, uning shaxs sifatidagi 
yo`nalishlari, xayotiy tamoyillari, qadriyatlariga munosabati, ishni bajarish 
paytidagi emotsional xolatlari aniqlanadi. Bu testlar juda noyob, qimmatli, lekin 
uni faqat kasbiy faoliyat psixologiyasida qo`llash va natijalarni moxirona taxlil 
qilish talab qilinadi. 
1905 yildan, ya‘ni fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon 
insonning aqliy o‘sish va iste‘dod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini 
olg‘a so`rganidan keyin kasbiy faoliyat psixologiyasida test metodi qo‘llana 


32 
boshlandi. 
Chet el psixologlari testlarni shaxsning iste‘dod darajasini aniqlash vositasi 
deb biladilar. Biroq test tekshirilayotgan hodisalarning psixologik mezoni 
hisoblanmaydi. Ma‘lumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik 
vositalar bilan amalga oshiriladi. Chet el testologlari tadqiqot ob‘ektlarini 
o‘zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko‘nikma hamda malakalarni 
aralash holda o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning 
emotsional holati va salomatligiga bog‘liq ruhiy kechinmalarni inobatga 
olmaydilar. Psixologlar K. M. Gurevich, V. A. Krutetskiy va boshqalar 
qo‘llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarning 
tafakkur ko‘rsatkichi (indiqatori) bo‘lishi uchun harakat qildilar va muayyan 
yutuqlarga erishdilar. Shuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini 
bilmay turib, qobiliyatning mohiyatini yoritib bo‘lmaydi, degan qoidaga amal 
qilgan holda testlardan foydalanmoqdalar. 
Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg, 
Kettel, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Anastazi, Raven va boshqalar ijodining 
namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish 
(maqsadga yetish) testlari (ular darsliklarda berilgan va bilim, malaka darajalarini 
baholashga qaratilgan), intellekt testlari (aqliy rivojlanish darajasini o‘lchashga 
mo‘ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emosiyasi, qiziqishi, motivasiyasi va 
xulqini baholashga yo‘naltirilgan diagnostik usullardan iboratdir), shaxs «loyihasi» 
(proekti) testlari (savollarga bitta aniq javob berish talab qilinadi, javoblarni tahlil 
qilib shaxs. xususiyatining «loyihasi» ishlab chiqiladi) kiradi. 

Download 1,72 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107




Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish