• Taynach iboralar
  • Temperament haqida tushuncha
  • 16-Mavzu: Temperament va Xarakter reja




    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/13
    Sana19.09.2024
    Hajmi0,91 Mb.
    #271709
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    9-mavzu. Temperament va xarakterdoc (1)



    16-Mavzu: Temperament va Xarakter 
    REJA: 
    1.
    Temperament haqida tushuncha 
    2.
    Temperamentning fiziologik asoslari 
    3.
    Nerv sistemasi tiplarini kelib chiqishi 
    4 .Xarakter haqida tushuncha 
    5. Xarakter tarkibi 
    6. Xarakter aksentuasiyasi 
    Taynach iboralar: 
    Temperament haqida tushuncha. Temperament haqidagi 
    ta`limotlarning qisqacha mazmuni. Temperamentga psixologik tavsif va inson 
    faoliyati. 
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: 
    1.
     
    Karimova V. M. «Psixologiya» T.Sharq 2002y. 
    2.
     
    G‘oziyev E. G‘. «Umumiy psixologiya» 1-2 tom. Toshkent-2002y. 
    3.
     
    Ivanov P.I., Zufarova M. «Umumiy psixologiya» T.: O‘zbekiston faylasuflar 
    milliy jamiyati, 2008 yil 
    4.
     
    Xaydarov F.I., Xalilova N.I. «Umumiy psixologiya» T.: Fan va texnologiyalar 
    2010 yil 
    5.
     
    Климов Е.А. «Общая психология». Реч, Москва-2001 
    6.
     
    Штерн А.С. «Введение в психологию» М.: Академия Спб 2002. 
    7.
     
    David G. Myers “Psychology”. NY, 2010. WORTH PUBLISHERS 118p. 
    Mustaxakamlash uchun savollar: 
    1.
    Temperament ta’rifini keltiring. 
    2.
    Temperamentning fiziologik asoslari nima? 
    3.
    Nerv sistemasi tiplarini kelib chiqishi xaqida nima bilasiz? 
    4.
    Temperament tiplarining tavsifnomasi qanday? 
    5.
    Faoliyatning individual uslubi va temperamentni taqqoslang. 
    Temperament haqida tushuncha 
    Insonning ruhiy olami beto’xtov harakatlar majmuasidan iborat bo’lib, biri 
    ikkinchisini bevosita taqazo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o’xshash tarzda 
    hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to’g’risidagi 
    taassurotlar, o’tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, 
    xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy kechinmalar, 
    irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o’zaro o’rin almashtirib turish evaziga ontogenetik 
    dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. Ruhiy olam kechishi, uning sur'ati, 
    mazmuni, shakli, ko’lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, yakkahol 
    insonda rang-barang tarzda namoyon bo’lishi kuzatiladi. Shuning uchun bo’lsa 
    kerak, insonlar tabiat hodisalariga, ijtimoiy turmush voqeliklariga, omillariga, ta'sir 
    kuchlariga tez yoki sekin, yengil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik 
    ko’rsatadilar. 


    Psixologiyada temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlar 
    o’rtasida muayyan darajada tafovut mavjudligi alohida ta'kidlanadi, ular orasidagi 
    farqlarni ajratib ko’rsatish maqsadida quyidagicha belgilar kiritiladi va o’ziga xos 
    tarzda tavsiflab beriladi, ularning ayrimlarini ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq: 
    1.
    Favqulodda temperamentning bir xil xususiyatlari motiv, psixik holat va 
    hodisalardan farqli o’laroq, aynan shu shaxsning o’zida, uning turli faoliyatlarida
    muomalasida ifodalanadi. 
    2.
    Temperament xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli bo’lganligi 
    tufayli inson hayoti va faoliyatining (umrining) davomida yoki uning muayyan bir 
    bo’lagida (ta'sirga beriluvchanligi sababligidan qat'iy nazar) barqaror, o’zgarmas va 
    mustahkamdir. 
    3.
    Yakkahol shaxsga dahldor temperamentning turli xususiyatlari o’zaro bir-biri 
    bilan g’ayriqonuniy ravishda birlashgan bo’lmasdan, balki ular o’zaro bir-biri bilan 
    muayyan qonuniyat asosida mujassamlashib, xuddi shu xususiyatlar uning tiplarini 
    tavsiflovchi o’ziga xos tuzilmani vujudga keltiradi. 
    Psixologiya fanida 

    Download 0,91 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish