• Ekstrovertlashgan tip
  • Introvertlashgan tip
  • Namoyishkorona (demonstrativ) tip




    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/13
    Sana19.09.2024
    Hajmi0,91 Mb.
    #271709
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    9-mavzu. Temperament va xarakterdoc (1)

    Namoyishkorona (demonstrativ) tip 
    - muloqotga tez kirishadi, yetakchilikka 
    intiladi, hokimiyat va maqtovni yoqtiradi, boshqalarni o’ziga jalb qila oladi, 
    noyob tafakkurga, xulq- atvorga ega. 

    Ekzaltirlashgan tip - 
    o’ta muloqotga kirishuvchan, ko’p gapiradi, 
    qiziquvchan, do’stlari va yaqinlarga e'tiborli, boshqalarga yordam beradi, did- 
    farosatli, samimiy. 

    Ekstrovertlashgan 
    tip 

    muloqotga 
    kirishuvchan, 
    do’stlari ko’p, 
    ziddiyatlardan o’zini olib qochadi, boshqalarni diqqat bilan eshitish mumkin. 
    Topshiriqlarni vaqtida bajaradi. 

    Introvertlashgan tip 
    - muloqotga kirishishga qiynaladi, "ichimdagini top", 
    falsafiy fikr yuritishni yoqtiradi, qat'iyatli, e'tiqodi mustaqkam, qaysar, 
    tafakkuri qotib qolgan. 
    To’g’ri tashkil etilgan ta'lim-tarbiya jarayonida xarakter aksentuatsiyasini 
    tarbiyalash va tuzatish mumkin. 
    Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta'rif berilishiga qaramay, uning asosiy 
    belgilari ta'kidlanganligi bilan bir-biriga muvofiq tushadi. Masalan, 
    shaxs xulqining 
    tipik usullar bilan bog’liq faoliyat muomala va munosabatda namoyon 
    bo’luvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari majmuasi xarakter 
    deyiladi. 
    Shaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari uning asosiy belgisi 
    hisoblanadi. 
    Xarakter 
    deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida 
    namoyon bo’ladigan, shaxsning turli sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan 
    individual psixologik xususiyatlari yig’indisi tushuniladi. Xarakter 
    xususiyatlarining namoyon bo’lishi har bir tipik vaziyat, hissiy kechinmalarning 
    individual o’ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog’liq. Xarakterning 
    intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini ajratish mumkin. Xarakter deganda 
    shaxsda muhit va tarbiya ta'sirida tarkib topgan va uning irodaviy faoliyatida, 
    atrofdagi olamga o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladigan 
    individual xususiyatlarni tushunamiz. Xarakterning juda ko’p xususiyatlari 
    odamning ish harakatlarini belgilovchi chuqur va faol moyillik hisoblanadi. Mana 
    shu moyilliklarda xarakter xislatlarining undovchilik kuchi namoyon bo’ladi. Odam 
    xarakter xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli ko’pincha ob'ektiv 
    sharoitlarga zid ish qiladi va mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat usullarini 
    qo’llaydi. Xarakter xislatlari ma'lum tarzda harakat qismlariga, ba'zan esa 
    sharoitga qarama-qarshi harakat qilishga undar ekan, ular hayotiy qiyin daqiqalarda 
    yaxshiroq namoyon bo’ladilar va bu xarakterni, shuningdek barkamol avlodni 
    tarbiyalashning muhim vazifasidir. Shaxsning qa'tiyatlilik, tanqidiylik, fahm-farosat, 


    kuzatuvchanlik kabi xislatlari intellektual, quvnoqlik, mehribonlik hissiy-irodaviy 
    sifatlarga kiradi. Odatda shaxsning munosabatlari xarakter xislatlarining individual 
    xususiyatlarini ikki xilini aniqlash imkoniyatiga ega: 

    Shaxs xarakterining xususiyati ro’yobga chiqadigan har qanday vaziyat hissiy 
    kechinmalarning o’ziga xos xislati uning munosabatlariga bog’liq. 

    Har qanday favquloddagi tipik (muhitdagi) xarakterning sifatlari hamda 
    individual usullari shaxsning munosabatlariga taalluqlidir. 

    Shaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari insonning irodasi, 
    hissiyoti, diqqati, aqliy sifatlariga yoki psixik jarayonlarning individual 
    xususiyatlariga bog’liqdir. Chunonchi, mehnatda ko’zga tashlanadigan 
    tirishqoqlik, puxtalik mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni aks ettirishga 
    emas, balki boshqa omillarga: 
    1.
    diqqatning to’planishiga; 
    2.
    harakatlarning maqsadga yo’nalganligiga; 
    3.
    irodaviy zo’r berishga; 
    4.
    usullar mahsuldorligiga; 
    5.
    aqlning ishtirokiga bog’liq. 




    Document Outline

    • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
    • Mustaxakamlash uchun savollar:
    • Temperament haqida tushuncha
    • Temperamentning fiziologik asoslari
    • Nerv sistemasi tiplarining kelib chiqishi.
    • Temperament tiplarining tavsifnomasi
    • Faoliyatning individual uslubi va temperament
    • Xarakter haqida tushuncha
    • Xarakter tarkibi
    • Xarakter aktsentuatsiyasi

    Download 0,91 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish