degan ma'noni anglatadi.
Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat ko’rsatayotgan
har qanday shaxs o’zining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqa
insonlardan ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida ifodasini topadi.
Shu boisdan insonning barcha individual xususiyatlarini xarakter xislati tarkibiga
kiritib bo’lmaydi. Chunonchi aqlning topqirligi, xotiraning barqarorligi,
ko’rishning o’tkirligi kabi individual psixologik xususiyatlar bunga misoldir.
Xarakter tarkibi
Shaxsning xarakteri tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig’indisidan iborat
emas, balki o’zaro bir-biriga bog’liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi.
Xarakter xislatlarining muayyan qismidan xabardor bo’lishlik notanishlarni tashxis
qilish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi ma'lum
bo’lsa, uning dili (ko’ngli) qoraligi yuzasidan taxmin qilish mumkin, yoki inson
kamtar, mo’min, yuvosh xususiyatli bo’lsa, albatta u ko’ngilchan ekanligi
ko’nglimizga keladi.
Odatda psixik xususiyatlarning o’zaro bog’liq tizimi
simptomokomplekslar
(omillar) deyiladi.
"Simptom" yunonchadan symptoma belgi, mos tushish,
"kompleks" lotincha, aloqa, majmua degan ma'no anglatadi
. Misol uchun,
qarama-qarshi simptomokomplekslar haqida mulohaza yuritilsa, u holda
insonlarda bu tizim o’ziga ishonish o’zidan mag’rurlanish, maqtanchoqlik,
o’zbilarmonlik, urushqoqlik, kek saqlash kabilar birikmasida yuzaga keladi.
Boshqa toifadagi shaxslar o’zlarining kamtarinligi, ko’ngilchanligi, iltifotliligi,
dilkashligi, haqqoniyligi bilan ajralib turadilar. Voqelikka shaxsning bir xil
munosabati xarakter xislatlarining o’zaro bir-biriga bog’liqligini bildiradi.
Hozirgi zamon psixologiyasida shaxsning
turli munosabatlari bilan
belgilanadigan