|
temperament xususiyatlariBog'liq 9-mavzu. Temperament va xarakterdoc (1)temperament xususiyatlari
deganda, alohida bir
shaxsning psixik faoliyati dinamikasini belgilovchi psixikaning barqaror, o’zgarmas
individual-tipologik xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Mazkur xususiyatlar turli
shakl va mazmunga ega bo’lgan motivlarda, psixik holatlarda, maqsadlarda,
faoliyatlarda nisbatan o’zgarmas temperament tipini tavsiflovchi tuzilmani tashkil
qiladi.
Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy-taraqqiyoti davrida temperamentga
nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to’g’risidagi talqinlar xilma-
xil bo’lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o’ziga xos tarzda tushuntirish uchun
xizmat qilib kelgan.
Temperament lotincha "temperamentum" degan so’zdan
olingan bo’lib, buning ma'nosi "aralashma" degan tushunchani anglatadi.
Temperament to’g’risidagi dastlabki ta'limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan
oldingi 460 - 356 yillarda yashagan) yaratgan bo’lib, uning tipologiyasi to hozirgi
davrgacha qo’llanilib kelinmoqda.
Temperamentning fiziologik asoslari
Qadimgi yunon olimi
Gippokrat
ta'limotiga binoan, insonlarning
temperament xususiyatlari jihatidan o’zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning tana
a'zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga bog’liq
ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokrat ta'biricha, inson tanasida to’rt xil suyuqlik
(xilt) mavjud bo’lib, ular o’t yoki safro (yunoncha "chole"), qon (lotincha sanguis
yoki sanguinis), qora o’t (yunoncha melas "qora", chole "o’t"), balg’am (yunoncha
"phlegma") kabilardan iboratdir. Uning mulohazasicha:
1.
O’tning xususiyati
- quruqlikdir, uning vazifasi tana a'zolarida quruqlikni
saqlab turish yoki badanni quruq tutishdir.
2.
Qonning xususiyati -
issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir.
3.
|
| |