16-Mavzu: Temperament va Xarakter reja




Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana19.09.2024
Hajmi0,91 Mb.
#271709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
9-mavzu. Temperament va xarakterdoc (1)

Qora o’tning xususiyati 
- namlikdir, uning vazifasi badan namligini saqlab 
turishdir. 
4.
Balg’amning 
(shilimshiq moddaning) xususiyati - sovuqlikdir, uning vazifasi 
badanni sovutib turishdan iboratdir. 


Gippokrat ta'limotiga muvofiq har bir insonda shu 4 xil suyuqlik mavjud 
bo’lib, uning bittasi ustuvorlik kasb etadi. Mazkur aralashma (lotincha 
temperamentum)lardan qaysi biri salmoqliroq bo’lsa, shunga qarab insonlar 
temperament jihatdan farqlanadilar, chunonchi xolerikda sariq o’t, sangvinikda qon, 
flegmatikda balg’am, melanxolikda qora o’t ustun bo’lishi ta'kidlanadi. 
Gippokratning 4 xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya'ni temperament 
tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik) ramziy 
ma'noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo’llanilib kelinmoqda. 
Temperamentning fiziologik asoslariga ulkan o’z hissasini qo’shgan 
olimlardan biri rus fiziologi 
I.P.Pavlov 
(1849-1936) hisoblanadi. I.P.Pavlov 
temperament ham shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlarini keltirib 
chiqaruvchi omillar bilan bog’liq bo’lishi mumkin, degan xulosa chiqaradi. 
I.P.Pavlov ta'limoti bo’yicha, shartli reflekslar paydo bo’lishining individual 
xususiyatlari ro’yobga chiqishining sabablari nerv sistemasi xususiyatlari 
mohiyatidandir. Unga ko’ra quyidagi 3 ta xususiyatni ajratib ko’rsatadi: 
1)
 
qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi; 
2)
 
qo’zg’alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o’rtasidagi muvozanatlilik darajasi; 
3)qo’zg’alishning tormozlanish bilan almashinish tezligi yoki nerv jarayonlarining 
harakatchanligi. 
I.P.Pavlov shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari bilan 
temperamentga aloqador nerv sistemasi xususiyatlarining o’zaro qo’shiluvini nerv 
sistemasining tipi deb nomlaydi va uni to’rtta tipga ajratadi. Ular quyidagilardan 
iborat. 
1.
 
Kuchli, muvozanatli, epchil; 
2.
 
Kuchli, muvozanatsiz, epchil; 
3.
 
Kuchli, muvozanatli, sust; 
4.
 
Kuchli, muvozanatsiz sust. 
Yirik rus psixologlaridan biri 
B.M.Teplov 
(1896 - 1965) va uning shogirdlari, 
maslakdoshlari I.P.Pavlovning tadqiqotlarini davom ettirib, inson nerv jarayonlari 
xususiyatlarining o’ziga xos tomonlarini ochishga muvaffaq bo’ldilar. Ular nerv- 

Download 0,91 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish