|
16-Mavzu: Temperament va Xarakter rejaBog'liq 9-mavzu. Temperament va xarakterdoc (1)Ye.A.Klimov
tomonidan olib
borilgan tadqiqotga ko’ra, stanokchi, to’quvchilarning ishini kuzatish natijalari
muhim sanalgan. Ma'lum bo’ldiki, bir necha stanokda ishlashda nerv tizimi
harakatchan tipdagi ham, harakatsiz tipdagi xodimlar ham ishlab chiqarishda
muvaffaqiyatlarga erishadilar. Temperamentni harakatchanligiga ko’ra qarama-
qarshi xususiyatli kishilar bir xil mehnat vaziyatida turlicha harakat taktikasiga
murojaat qilishlari aniqlandi. Harakatchanlari shoshilinch, tezroq bajaradi,
temperamentning sust tipdagi kishilar esa shoshilinch harakatning zarurligini
bildiradigan tayyorlov ishlariga ko’p e'tibor berishi bilan ajralib turadi.
Faollikning individual uslubini
V.S.Merlin, Ye.A.Klimovlar
o’rganib,
uning kishida darrov paydo bo’lmasligi va faqat stixiyali tarzda paydo bo’lishini
ko’rsatishdi. Agar kishi o’z temperamentiga muvofiq yaxshi natijalariga
erishishiga yordam beradigan o’zining yo’llari va usularini faol izlasa, individual
uslub yuzaga keladi.
Odamlarning birgalikdagi faolligi sharoitlarida ular temperamentning
dinamik fazilatlari ular faoliyatining pirovard natijasiga har biri individual
ishlagan holdagiga qaraganda ancha jiddiy ta'sir ko’rsatadi. Bunda mazkur faoliyatni
bajarish uchun ancha qulay va kamroq qulay bo’lgan temperamentning har xil
tiplarini birga qo’shilib ketishi aniq bo’ladi. Chunonchi, xolerik temperamentli
kishining faoliyati sangvinik yoki xolerik temperamentli kishi bilan sherik bo’lib
ishlaganiga qaraganda flegmatik yoki melanxolik bilan birgalikda ishlagan hollarda
ancha samarali bo’ladi. Bunday faktlar shuni ko’rsatadiki, temperamentning u yoki
bu xususiyatlarining ahamiyatini ko’pgina faoliyat turlarini birgalikdagi
xarakterini hisobga olmasdan baholab bo’lmaydi. O’z temperamentining
xususiyatlarini egallash va ularning o’rnini to’ldirish, faoliyatning individual
uslubini shakllantirish bolalik yillaridan boshlanib, ta'lim va tarbiya ta'sirini
negizida yuzaga keladi.
|
| |