• K.Leongard tomonidan xarakter aksentuatsiyasi muammosi o’rganilib uni shaxsda namoyon bo’lishiga qarab quyidagilar tasniflanadi:  Gipertim tip
  • Distim tip - kamgap, muloqotga kirishishga qiynaladi, pessimist, ziddiyatlardan o’zini olib qochadi, uyda yolg’iz qolishni yoqtiradi.  Sikloid tip
  • Qo’zg’aluvchan tip
  • Pedant tip
  • Xarakter aktsentuatsiyasi




    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/13
    Sana19.09.2024
    Hajmi0,91 Mb.
    #271709
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    9-mavzu. Temperament va xarakterdoc (1)

    Xarakter aktsentuatsiyasi 
    - biror xususiyatning boshqalari zarariga kuchli 
    rivojlanishi va atrofdagilar bilan munosabatlarning yomonlashuviga olib kelishidir. 
    Xarakter aksentuatsiyasi turli darajada yengil va hatto psixopatiya darajasigacha 
    bo’lishi mumkin. O’smirlar orasida xarakter aksentuatsiyasi ko’p (50-80%) 
    uchraydi. 
    K.Leongard 
    tomonidan xarakter aksentuatsiyasi muammosi o’rganilib uni 
    shaxsda namoyon bo’lishiga qarab quyidagilar tasniflanadi: 

    Gipertim tip 
    - haddan tashkari aloqaga kirishuvchan, ko’p gapiradi, imo- 
    ishora, mimikaga boy, suhbat mavzusini burib yuborishga moyil, ko’pincha 
    xizmatga doir va ommaviy majburiyatlarni unutib qo’yganligi sababli 
    ziddiyatlar kelib chiqadi. 

    Distim tip 
    - kamgap, muloqotga kirishishga qiynaladi, pessimist, 
    ziddiyatlardan o’zini olib qochadi, uyda yolg’iz qolishni yoqtiradi. 

    Sikloid tip 
    - kayfiyati tez o’zgarishga moyil, kayfiyati yaxshi paytda - 
    gipertim, yomon paytda distim tipga o’xshab qoladi. 

    Qo’zg’aluvchan tip 
    - muloqotda passiv, verbal va noverbal reaksiyalari sust, 
    qaysar, ba'zan urushqoq, ko’pincha turli mojarolarning tashabbuskori. 

    Kuchaytiruvchi tip 
    - kamgap, aql o’rgatishni yoqtiradi, yuqori natijalarga 
    erishishni hohlaydi, tez xafa bo’ladi, shubhalanuvchan, qasoskor. Kichik- 
    kichik muammolarni kattalashtirishga, bo’rtirishga moyil. 



    Pedant tip - 
    ziddiyatlarga kam qo’shiladi, ko’pincha passiv holatda bo’ladi, 
    atrofdagilarga ko’plab rasmiy talablar qo’yadi, tartibli, jiddiy ishonchli 
    xodim. 

    Xavotirli tip 
    - kamgap, odamovi, o’ziga ishonmaydi, ziddiyatlardan o’zini 
    olib qochadi, tinchliksevar, o’z-o’zini tanqid qiladi. Topshiriqlarni vaqtida 
    bajaradi. 

    Emotiv tip 
    - tor doiradagi kishilar bilan muloqotga kirishishni yoqtiradilar, 
    xafa bo’lsa tashqaridan sezdirmaslikka harakat qiladi, mehribon, hamxo’r, 
    ma'suliyatni his qiladi. Boshqalarning yutuqlaridan quvonadi. 


    Download 0,91 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish