3.
Faollik.
Bu borada inson qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta'sir
etishi va maqsadlarni amalga oshirishda ob'ektiv hamda sub'ektiv qarama-
qarshiliklarni faollik bilan yengishga qarab fikr yuritiladi.
4.
Reaktivlik bilan faollikning o’zaro munosabati
. Odamning faoliyati ko’p
jihatdan nimaga bog’liqligiga binoan, chunonchi tasodifiy tarzdagi tashqi va ichki
sharoitlarga (kayfiyatga, favquloddagi hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu
niyatlarga, xohish-intilishlariga ko’ra fikr bildirish nazarda tutiladi.
5.
Reaksiya tempi
. Turli xususiyatli psixik reaksiyalar va jarayonlarning
kechish tezligiga, nutq sur'atiga, farosatliligiga, aql tezligiga asoslanib xulosa
chiqariladi.
6.
Harakatlarning silliqligi va unga qarama-qarshi sifat rigidlik (qotib
qolganlik
), shaxsning o’zgaruvchan tashqi taassurotlarga qanchalik yengillik va
chaqqonlik bilan muvofiqlashishiga (silliqlik bilan moslashishga), shuningdek,
uning xatti-harakatlari qanchalik sust va zaifligiga (rigidligi qotib qolganligicha)
nisbatan baho berishdan iboratdir.