Temperament xususiyatlarining o’ziga xos yig’indisi inson faoliyati
munosabatlari va bilish jarayonlarida faolligining individual
uslubi jarayonida
namoyon bo’ladi.
Faoliyatning individual uslubi faqat temperamentga emas, balki boshqa
sabablarga, shaxsiy tajriba jarayonida hosil bo’lgan ko’nikma va malakalarga ham
bog’liqdir. Faoliyatning individual uslubini inson organizmini tug’ma
xususiyatlari va asab tizimi tiplarining faoliyat sharoitlariga moslanishi deb qarash
mumkin. Faoliyatning individual uslubi asosini asab tizimi xususiyatlari yig’indisi
tashkil qiladi. Faoliyatning individual uslubiga kiruvchi
ikki xil xususiyatlar
mavjud.
1.
Asab tizimi individual xususiyatlari nuqsonlarining o’rnini to’ldiruvchi tajriba
jarayonida shakllangan xususiyatlar.
2.
Insonda mavjud layoqat va qobiliyatlardan maksimal darajada foydalanish
imkonini beruvchi xususiyatlar.
Temperamentning xususiyati faollikning samaradorligida emas,
balki
usullarning o’ziga xosligidadir. Shu ma'noda