Xarakter barqarorligi va o’zgaruvchanligi ham moslashish faoliyatining zarur
shartlaridandir.
Agar tashqi sharoitning o’zgarishi bilan har gal xarakter boshqacha bo’lib,
o’zgarib qoladigan bo’lsa, unday paytda odamning xatti-harakatlari tashqi sharoit
ta'siriga nisbatan passiv javob reaksiyasiga aylanib qolgan, xatti-harakat batamom
passiv moslashishga aylangan bo’lar edi. Odamning xarakter xususiyatlari juda
xilma-xil hayot sharoitlarida ham qarshilik qiluvchi sharoit bo’lishiga qaramay
uning xatti-harakatlarini boshqaradi.
Xarakter ma'lum darajada plastikdir (egiluvchandir). Xarakterning plastikligi ikki
xil ma'noga ega, birinchidan, xarakterning barqarorligi singari muhim faol ta'sir
qilishidir. Ikkinchidan, xarakter ma'lum darajada plastik bo’lganligi uchungina
istalgan odamning xarakterini qayta tarbiyalay olamiz.
Kishiga mustahkamlanib, uning shaxsiy xususiyatiga aylanib qolgan iroda sifatlari
xarakterning iroda bilan bog’liq bo’lgan xislatlaridan, bu sifatlar alohida ko’rinib
emas, balki shaxsning fazilatiga aylanib qoladi, g’at'iyat, sabr-toqat, chidamlilik,
dadillik, o’zini tuta bilish, mustaqillik, intizomlilik, ma'suliyatni his qilish, o’z-
o’zini tanqid qilish axloqiy xislatlardir.