• Xarakterning aksentuatsiyasi (ortiqcha urg’u berilishi)
  • Xarakter aktsentuatsiyasi




    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/13
    Sana19.09.2024
    Hajmi0,91 Mb.
    #271709
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    9-mavzu. Temperament va xarakterdoc (1)

    Xarakter aktsentuatsiyasi 
    Xarakterning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodaliligi oxirgi marraga yetib 
    va normaning eng oxirgi chegarasiga borib qolganda 
    xarakterning aksentuatsiyasi 
    (ortiqcha urg’u berilishi) 
    deb ataladi. 


    Xarakterga ortiqcha urg’u berilishi ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi 
    natijasi sifatida normaning oxirgi variantlaridan biri sanaladi. Bunda individda 
    boshqalariga nisbatan barqarorlik bo’lgani holda bir xil stressogen (qattiq 
    hayajonlanuvchi) omillarga zaiflik ortishi kuzatiladi. Xarakterning aksentuatsiyasi 
    o’ta noqulay vaziyatlarda patologik buzilishlarga va shaxs xulq-atvorining 
    o’zgarishlariga, psixopatiyaga olib borishi (xarakter shaxsning adekvat ijtimoiy 
    adaptasiyaga to’sqinlik qiluvchi va amalda takrorlanmaydigan patologiyasi, garchi 
    to’g’ri davolash sharoitlarida ba'zi tuzatishlarga berilsa ham) mumkin, lekin uni 
    patologiyaga oid deb hisoblash noo’rindir. 
    Xarakterning aksentuatsiyasi (ortiqcha urg’u berilishi) 
    turlarini tasniflash ancha 
    murakkablik tug’diradi va har xil nomenklaturasi bo’yicha bir-biriga mos 
    kelmaydi. (K.Leongard, A.Lichko). Lekin aksentuatsiyalashgan xususiyatlarning 
    tavsifi ma'lum darajada bir xil bo’lib qoladi. Bu har ikkala tasnif sxemalaridan 
    muvaffaqiyatli terminlarni olib va bunda psixiatrik terminologiya ("shizofreniya 
    xususiyatlari", "epilepsiya" xususiyatlari va hokazo) bilan to’g’ridan-to’g’ri 
    o’xshashlik bo’lishidan qochgan holda ortiqcha urg’u beriladigan xususiyatlar 
    ro’yxatini keltirish imkoniyatini beradi. Xarakterni ortiqcha urg’u berilgan holda 
    baholash psixiatrning emas, balki pedagogning diqqatini jalb qilishini taqozo etadi, 
    garchi aksentuatsiya muammosining o’rtaga qo’yilishi tarixi psixiatriya va 
    psixonevrologiyaga borib taqalganda ham shunday hisoblanadi. 
    Nemis psixiatri K.Leongard fikricha, 20-50% kishilarda ba'zi xarakter 
    xususiyatlari shu darajada kuchliki, ba'zan bir xil tipdagi ziddiyat va hissiy 
    portlashlarga olib kelishi mumkin. 

    Download 0,91 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish