Kasbiy kompetentlikni shakllantirishning pedagogik asoslari
Oyatillox Alisher oʻgʻli Egamberdiyev
Abror Yigitali oʻgʻli Turdaliyev
Jaxongir Zokirjon oʻgʻli Maxamadjonov
Fargʻona davlat universiteti
Annotatsiya:
Mazkur
maqolada
bugungi
kunda
jamiyatda
amalga
oshirilayotgan islohatlar talablariga to‘la javob beruvchi, ishlab chiqarish sohasida
yuzaga kelgan raqobatga bardoshli, keskin o‘zgarishlarga moslasha oluvchi,
shuningdek, mehnat bozorida mutaxassislar malakasiga qo‘yilayotgan talablar
darajasida samarali faoliyat yurituvchi pedagok shaxsni shakllantirishning nazariy
asoslari yoritilgan.
Kalit so’zlar: Kasbiy kompetentlik, kompetentlilik, nazariya, pedagogika,
metodika.
Pedagogical basis of professional competence formation
Oyatillox Alisher oglu Egamberdiyev
Abror Yigitali oglu Turdaliyev
Jahongir Zokirjon oglu Mahamadjonov
Fergana State University
Abstract: This article provides a theoretical basis for the formation of a
pedagogue who fully meets the requirements of today's reforms, is competitive in the
industry, able to adapt to sharp changes, as well as effective in meeting the
requirements of the labor market. The basics are covered.
Keywords:
Professional
competence,
competence,
theory,
pedagogy,
methodology.
Zamonaviy jamiyat ta’lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan,
raqobatbardosh, tashabbuskor, ma’naviy va jismoniy soqlom shaxslarni tarbiyalab
berish talabini qo‘ymoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida "yuksak bilimli va intellektual
rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy
pedagogik kadrlar zaqirasini yaratish" vazifasi belgilandi. Kompetentli pedagog - u
kim? Uning shakllanish jarayoni qanday kechadi kabi savollar tug’iladi. Shu nuqtai
nazardan "kompetentlik" va "kompetensiya" tushunchalar mazmun mohiyatini
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
985
aniqlashimiz muhimdir. Har qanday o‘qituvchi ham "kompetentlik" nimani
anglatishini va u "kompetensiya"dan nimasi bilan farq qilishini bilavermaydi.
"Kompetentlik" tushunchasi pedagogning ma’lumoti, ko‘nikmasi, qobiliyati va
tajribasini o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, uning ma’lum bir ish turini bajarish
qobiliyati hisoblanadi. Aslida, ikkala atama o‘xshashdir.
Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish pedagoglarni
tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ayniqsa
ta’limni modernizatsiyalash bilan bog‘liq islohotlarning joriy bosqichida kasbiy
pedagogik faoliyatga moslashish muammosi yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni amaliy, psixologik, metodik, tadqiqotchilik turlari bilan bir
qatorda o‘qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish bilan boyib bormoqda.
Kasbiy kompetentlik tashhisi kasbiy shakllanishning mohiyatli xarakteristikalariga
diagnostik, kommunikativlik, boshqaruv va proektiv o‘quvlar guruhlarini kiritish
lozim. Pedagogning bilish faoliyati ko‘p jihatdan o‘rganilayotgan narsalarning
murakkabligi, dinamikasi, nostandartligi, ijtimoiy hodisalarni ajratib turadigan
chegaralarning ta’siri, ularni izlash, noaniqlik bilan belgilanadi, bu esa
kuzatuvchanlik, suhbatdoshning ichki dunyosini modellashtirish malakasini nazarda
tutadi. Mazkur holda o‘z-o‘zini tartibga solish xususiyatlari o‘z bilim va malakalarini
doimo takomillashtirish zarurati, boshqa odamlarga qaratilgan o‘z hatti-harakatini
qathiy muvofiqlashtirish uquvi bilan tavsiflanadi.
1
Pedagogning
kasbiy
tarbiyalanganlik
layoqatliligini
tadqiq
qilishga
bag‘ishlangan asarlarda uning quyidagi turlari bilan farq qilinadi:
- maxsus tarbiyalanganlik layoqatliligi – kasbiy faoliyatini etarlicha yuqori
darajada egallaganlik, o‘zining kelgusi kasbiy rivojlanishini loyihalash qobiliyati;
- ijtimoiy tarbiyalanganlik layoqatliligi – birgalikdagi kasbiy faoliyatni,
hamkorlikni va shuningdek, mazkur kitobda qabul qilingan kasbiy muloqat
uslublarini egallaganlik, o‘z kasbiy kasbi natijalari uchun ijtimoiy mas’ullik.
Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligi, irodaviy sifatlar, intellektual
salohiyat, hissiy sifatlar, amaliy ko‘nikmalar, o‘z-o‘zini boshqara olish
layoqatlarining o‘zaro bog‘liqligi va shaxsning ijtimoiy-madaniy faollik darajasini
aks ettiruvchi individual sifatlar asosida shakllantiriladi.
Yevropa
davlatlarida
shakllangan
an’anaga muvofiq kasbiy malaka
mutaxassisning kompetentligi, uni shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimi esa –
bilim, ko‘nikma va malakalar darajasi bilan o‘lchanadi.
Bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashda muhim pedagogik shart-sharoitlar sifatida
quyidagilarni e’tirof etish mumkin:
- zamonaviy talablarga javob bera oladigan me’yoriy va o‘quv-metodik hujjatlar
(davlat ta’lim standarti, namunaviy o‘quv rejalari, ishchi o‘quv rejalari, namunaviy
1
Ш.Шарипов, Н.Муслимов, М.Исмоилова: “Касбий таълим педагогикаси”.Методик қўлланма. – T. 2005 й.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
986
o‘quv dasturlari, ishchi dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, metodik
tavsiyanomalar, qo‘shimcha maxsus adabiyotlar, ko‘rsatmali vositalar, dars
ishlanmalari, loyihalar va boshqalar)ning mavjudligi;
- ilmiy pedagogik xodimlar (professor, dotsent, o‘qituvchi, malakali o‘quv
ustalari, texnik xodimlar)ning bilim, ko‘nikma va malakalarining yuksakligi, kasbiy
kompetentlik darajasining etarlicha shakllanganligi hamda ilmiy salohiyatga ega
bo‘lishi;
- o‘quv jarayonining moddiy-texnik (o‘quv binolari, o‘quv auditoriyalari, o‘quv
ustaxonalari,
amaliy-laboratoriya
jihozlari),
axborot
texnologiyalari
(radio,
televidenie, kompg‘yuter, nusxa ko‘chirish qurilmalari, laboratoriya asbob-
uskunalari, audio, video, multimediya, trenajyorlar, kinoproektorlar, diaproektorlar,
videoproektorlar, texnik vositalar majmuining mavjudligi va hokazolar) jihatdan
etarlicha ta’minlanganligi;
- ijtimoiy va o‘quv-texnologik jihatdan qulay muhit (o‘qituvchilar, talabalar,
rahbarlar hamda talabalar, shuningdek, talabalarning o‘zaro munosabatlari mazmuni,
yo‘nalishi, maqsadlar birligi va boshqalar) yaratilganligi;
- tashkiliy hamda o‘quv-amaliy faoliyatning izchil, uzluksiz hamda tizimli
yo‘lga qo‘yilganligi.
2
«O‘qituvchining kasbiy kompetentligi» tushunchasiga berilgan ta’rif va
tavsiflarni umumlashtirib, uni quyidagicha talqin etish mumkin: O‘qituvchining
kasbiy kompetentligi – pedagog faoliyatida kasbiy kompetentlik muhim jihatlaridan
biri bo‘lib, pedagogning faqatgina kasb va kasbiy faoliyatni amalga oshirish bilan
bog‘liq barcha ehtiyoj, qobiliyat, mahorat, bilish va qiziqishlarini ifodalaydi.
Buning uchun u:
- ijodiy izlanishlar jarayonini boshqarishga moyil bo‘lishi;
- ijodiy izlanishlarning samaradorligi o‘qituvchining pedagogik, psixologik va
nazariy tayyorgarligiga bog‘liq bo‘lishini esda tutishi lozim.
Funksiyalarni to‘g’ri bajarish uchun pedagog kompetentlik va kompetensiya
tushunchasini bilishi, har tomonlama rivojlanib, kasbiy o‘sishi uchun qaysi
yo‘nalishda harakatlanishini bilishi kerak. Professionallik va kompetentlik bir-biriga
o‘hshash bo‘lsada, har xil ma’noga ega bo‘lgan atamalardir. Professionallik deganda
nafaqat ma’lum bilimlar, balki mehnatga bo‘lgan munosabat, ishning o‘ziga xos
xususiyatlari tushuniladi. Rivojlangan kompetensiyalar darhol seziladi, chunki
professional pedagog o‘z ko‘nikmalarini rivojlantirishga harakat qiladi, muayyan
maqsad va natijalarga erishishga intiladi, ishchan qadriyatlar ishlab chiharadi va bular
odatda ish jarayonining standartiga mos keladi. Kompetentlik esa biroz murakkab
mazmunga ega, sababi, nafaqat bilimlarning mavjudligini, balki shu bilan birga ularni
qo‘llash qobiliyatini ham taqozo etadi. Kompetentlik faqat keng qamrovli baholash
2
Ш.Шарипов, Н.Муслимов, М.Исмоилова: “Касбий таълим педагогикаси”.Методик қўлланма. – T. 2005 й.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
987
va kuzatish paytida aniqlanishi mumkin. Professionallik va kompetentlik
tushunchalari umumiy xususiyatlarga ega. Shuni ta’kidlash kerakki, har doim ham
belgilangan talablar va standartlarga to‘liq mos keladigan odamlar chinakam
professionallar bo‘lavermaydi, sabab, ba’zilari bilimlarni amalda qanday qo‘llashni
bilishmaydi, demak, bunday pedagogik faoliyat samarasiz bo‘lib qolaveradi.
Kasbiy pedagogik kompetensiyalarni alohida turlarga ajratish maqsadga
muvoqdir:
- Maxsus pedagogik kompetensiya
- pedagogik faoliyatni zarur darajada amalga oshirish uchun yetarli ma’lumotga
ega bo‘lish.
Bundan tashqari, pedagogning o‘z kasbiy darajasini munosib baholay olishi va
mutaxassis sifatida o‘z rivojlanishini belgilash qobiliyati ushbu turga bog’liq.
- Ijtimoiy pedagogik kompetensiya
- ijtimoiy vakolat darajasi pedagogning hamkasblari bilan munosabatlarni
samarali qurishi, birgalikdagi harakatlarni rejalashtirish qobiliyatini belgilaydi.
Samarali aloqa ko‘nikmalari, pedagogik madaniyat va ish natijalari uchun javobgarlik
- bularning barchasi ijtimoiy pedagogik kompetensiya tushunchasiga kiritilgan.
- Shaxsiy pedagogik kompetensiya
- bu pedagogik ishni oqilona tashkil etish qobiliyati bo‘lib, vaqtni boshqarish,
shaxsiy o‘sishga intilish uning asosiy tarkibiy qismlaridir.
Shaxsiy pedagogik kompetensiyaning yuqori darajasi ega bo‘lgan ishchilar
charchashga kamroq moyil, vaqt bosimida ishlashga qodir. Kompetensiyaning har bir
turi ko‘nikmalar, bilimlar, ko‘nikmalar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Pedagoglarda ular
turli darajalarda namoyon bo‘ladi. Xizmat vazifalarini bajarishda uning xatti-
harakatlari ko‘rsatkichlariga e’tibor berib, u yoki boshqa kompetensiyalar qanday
rivojlanganligini
aniqlash
mumkin.
Kompetentlik
qanday
shakllanadi?
O‘qituvchining kompetentligini shakllantirish uchun asosiy narsa bu maxsus kasbiy
ta’limdir. Kelajakda amaliyotda olingan bilim va ko‘nikmalar boshlang’ich
kompetensiya darajasini to‘ldiradi.
Ko’p bosqichli ta’lim tizimida, yangi standartlar va dasturlar doirasidagi ta’lim
jarayonini eskirgan uslubiyat bo’yicha olib borilishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Ta’lim
tizimidagi keng qamrovli tarkibiy islohatlarni respublika pedagoglari ilg’or
pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va o’quv jarayoniga qo’llash bilan
mustahkamlashlari zarur. Avval ta’kidlanganidek, buning uchun pedagoglarimizni
o’quv jarayoniga texnologik yondashuvlarini o’rgatish talab etiladi, bu esa pedagogik
texnologiyadan foydalanishdan tashqari uni O’zbekiston madaniyati, an’analari va
tajribasi bilan boyitishga olib keladi.
|