Kashta chokida kompozitsiya tikish




Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana14.01.2024
Hajmi0,68 Mb.
#137085
1   2   3
Bog'liq
176-178

www.pedagoglar.uz
42-son 2–to’plam mart 2023
Sahifa: 177 
matolarga tikilgan. Hozirgi kungacha ham satin, shoyi, baxmalga tikiladi. Ish 
jarayonida kashtachilar o‘z mahoratlarini oshirishadi va bir-biridan o‘rganishadi.
Kashta 
choklari, 
tikish 
uslublarining 
turli-tumanligi 
oʻzbek 
kashtadoʻzlarining katta sanʼatidan dalolat beradi. Masalan, Nurota, Buxoro, 
Samarqand kashtachilik mahsulotlari koʻproq yoʻrma chok bilan, Shahrisabzda 
yoʻrma, kandaxayol, iroqi, Toshkentda esa koʻproq bosma chok bilan tikilgan. 
Oʻzbek kashtadoʻzlari buyum bezaklarida amaliy bezak sanʼatining boshqa 
turlaridagi naqshlardan andaza olgan. 
Kashtalarda oʻsimliksimon tasvirlar – shox, gulband, guldastalar koʻp 
uchraydi. Naqsh mujassamligida asosiy bezak matoning oʻrtasida boʻlib, hoshiyalar 
qoʻshimcha bezak hisoblanadi. Lekin hoshiya bezagi mahorat bilan ishlangan 
kashtalar ham koʻp. Ganchkorlik, yogʻoch oʻymakorligi, kandakorlik, naqqoshlikda 
uchraydigan islimiy gul (naqsh)lar kashtachilikda ham koʻp uchrashi chizmakash 
(naqqosh)lar amaliy bezak sanʼatining turli sohalariga chizma (naqsh)lar 
tayyorlaganini koʻrsatadi. Kashtachilikda chizmakashlar yaratgan naqsh (gul)lar 
asosida kashtadoʻzlar badiiy buyum yaratadilar. 
Kashtada naqsh tuzishda geometrik shakllar – uchburchak, kvadrat, yulduzcha, 
aylana va hokazolardan, shuningdek, to‘lqinsimon, siniq chiziqlar, o‘simlik belgilari 
(barglar, gullar, shoxlar, daraxtlar)dan, jonivorlar dunyosi (hasharotlar, qushlar, 
baliqlar, hayvonlar) tasviridan, shuningdek, umumlashgan odam qiyofasidan 
foydalanish mumkin. Ba’zan naqshda geometrik shakllar bilan tabiatga xos belgilar 
qo‘shilgan bo‘ladi. Naqshning hamma qismlari mutanosib bo‘lishi kerak. Ba’zan 
bezakda motivlar qaytarilmaydi. Bezak simmetrik va asimmetrik tuzilishi mumkin. 
Kashtaga naqsh bosish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: 
Kashtada rang muhim ahamiyat kasb etadi. Iplarni tanlashda ranglarning 
uyg‘unlashuvini, bir-biriga qanday ta’sir etishini bilish zarur. O‘zaro mos ranglarni 
tanlashda berk spektor qatori ranglaridan iborat ranglar doirasi asos qilib olinadi. 
Ranglar xromatik va axromatik bo‘ladi. Kamalak spektoridagi ranglar 
xromatik ranglar deyiladi. Axromatik ranglarga oq, kulrang, qora ranglar kiradi. 
Spektor doirasining qarama-qarshi tomonida joylashgan ranglar qo‘shimcha ranglar 



Download 0,68 Mb.
1   2   3




Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish