|
Keli shilga n: tasdiqlayma n: Toshkent signallashtirish va aloqa masofasi boshliği
|
bet | 3/4 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 212 Kb. | | #247844 |
Bog'liq 23 цех 2022y3.Lavozim majburiyatlari:
Radioaloqa elektromexanigi quyidagi majburiyatlarni bajaradi.
3.1.Linyaviy hududlarda GGO va radioaloqa qurilmalarini soz va ishonchli ishlashini ta'minlaydi.
3.2.Tasdiqlangan yillik va oylik reja asosida xizmat ko‘rsatuvchi GGO va radioaloqa qurilmalarini ta'mirlash va profilaktika ishlarini olib boradi. GGO va radioaloqa qurilmalarida joriy ta'mirlash ishlarini olib boradi. GGO va radioaloqa qurilmalarinining ishonchli ishlashi uchun rejali ishlarni bajaradi.
3.3.Linyaviy hududda mavjud GGO va radioaloqa uskunalarini ta'mirlash va profilaktika ishlarini bajaradi.
3.4.Xizmat ko‘rsatuvchi uskunasining nosoz holatini aniqlaydi va uni bartaraf etadi. Nosoz uskuna va qurilmalarni almashtirish ishlarini bajaradi.
3.5.Har xil sharoitlarda transilatsiya yo‘li va radioaloqa qurilmalarini ishlashini nazorat qiladi, yetkazib beruvchi va radio qabul qiluvchi uskunalarni qayta tiklash ishlarini bajaradi. Signallar darajasini va chastotalar xarakterini o‘lchaydi.
3.6.Xizmat ko‘rsatuvchi uskunasi yuzasidan bilim saviyasini doimo oshirib boradi, nosozlik holatlar haqida ogohlantiradi.
3.7.Liniyaviy hududlarda radioaloqa qurilmalarini tekshirish yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtiradi.
3.8.Masofa rahbariyati yoki brigada ShNS farmoyishiga ko‘ra yangi radioaloqa va GGO uskunalarini ishga tushirishga, ulanishiga va montaj ishlariga, masofadagi favqulotda-ta'mirlash ishlariga jalb etiladi. Boshqa hududlardagi radioaloqa va GGO uskunalarini ta'mirlashdi amaliy yordam berish uchun boradi.
3.9.TSexning boshqa elektromexaniklariga biriktirilgan uskunalarda nosozlik holatlari yuz berganda uni tezkorlik bilan bartaraf etadi, qurilmalarda ta'mirlash ishlarini bajaradi va bu haqda masofaning navbatchi xodimga xabar beradi.
3.10.AJ “O‘TY”ning va masofa raxbariyatining amaldagi Qoidalari, Yo‘riqnomalari, Buyruqlari, Farmoyishlari, me'yoriy hujjatlari va ko‘rsatmalari talablarini bajaradi.
3.11.Xizmat ko‘rsatayotgan uskunasi haqida texnik hujjatga ega bo‘lish, radioaloqa qurilmalari tasdiqlangan texnik hujjatga mos ravishda ishlashini nazorat qilish.
3.12.Ish joyida kerakli ish qurollari, o‘lchov uskunalari, zaxira materiallar, qurilmalar va ehtiyot qismlarga ega bo‘lishi kerak.
3.13.Yosh mutaxasislar bilan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish.
4.Huquqlari:
Radioaloqa elektromexanigi quyidagi huquqlarga ega.
4.1.Katta elektromexanikdan kerakli mayeriallar, ish qurollari, ulchov uskunalari va texnik hujjatlar bilan ta'minlashini talab qilish.
4.2.Tasdiqlangan ish rejasi bilan tanishtirilishini katta elektromexanikdan talab qilish.
4.3.Texnik mashg‘ulotlarda mavzular bo‘yicha o‘z takliflarini berish.
4.4.Ish boshlashidan oldin katta elektromexanikdan texnologik yo‘riqnoma va texnika xavfsizligi yo‘riqnomasi o‘tishini talab qilish.
4.5.O‘z vakolati doirasida xizmat vazifasini bajarishda duch kelayotgan kamchiliklarni va ularni barataraf etish bo‘yicha takliflari bilan masofa rahbariga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat etish.
4.6.Tezkor-texnologik aloqadan foydalanish.
4.7.Xizmat vazifasi yuzasidan ish uchun kerakli bo‘lgan uskunalar va ashyolarni olib kelish uchun hujjatlarni rasmiylashtirilgan holda hujjatda ko‘rsatilgan joyga yo‘l xaqi to‘lamasdan borib kelish.
4.8.O‘rnatilgan tartibda xizmat kiyimi, alohida himoya vositalari, kerakli nazorat uskunalari va ulchov uskunalari, ish qurollari olish.
4.9.Xizmat vaqtida mehnat muhofazasi talablari buzilganda uning hayotiga va sog‘lig‘iga xavf solganda, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilmagan hollarda, ushbu holatlar bartaraf etilgunga qadar vazifasini bajarishdan bosh tortish.
|
| |