|
INGLIZ TILI LEKSIKOLOGIYaSI VA STILISTIKASI
|
bet | 3/9 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 236,5 Kb. | | #261334 |
Bog'liq 5A111401-Horijiy til va adabiyoti (ingliz tili)2. INGLIZ TILI LEKSIKOLOGIYaSI VA STILISTIKASI
Fanning mazmuni. Leksikologiya terminining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. Leksikologiyaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Fanning predmeti va ob’yekti, fanning metodi va ishlatish yo‘llari. Leksikologiya fanining bo‘limlari va uning boshqa qismlari bilan bog‘liqligi.
So‘z til lug‘at tarkibining asosiy birligi sifatida. So‘zning morfema, so‘z shakli, so‘z birikmasidan farqli xususiyatlari. Motivatsiya tushunchasi. Idiomatika va motivatsiya turlari: fonetik, morfologik, semantik. Ma’no va so‘z ma’nosining tuzilishi. O‘rganilayotgan til, ona tili va boshka tillardagi so‘zlarning semantik tuzilishi. So‘z ma’nosining tuzilishini o‘rganishda paradigmatika va sintagmatikaning roli. Kontekst va uning turlari. Sodda, tub, yasama va qo‘shma so‘zlarning o‘ziga xos ma’nolari. So‘z ma’nosi va uning tuzilishi. Frazeologik birliklar ma’nolarining xususiyatlari, ma’no turlari tasnifi. So‘zning leksik-semantik variantlari. Ma’no tuzilishida sinxronik va diaxronik qarashlar va uning rivojlanish qonuniyatlari. Lug‘at birligini semantik guruhlarga ajratish. Semantik maydon. Monosemiya, polisemiya, giperonimiya va giponimiya muammolari. Sinonim, antonim va omonimlar masalalari, va ularning manbalari, tasnifi, tilni boyitishi va til rivojlanishidagi ahamiyati.
Bir va ko‘p morfemali so‘zlar. Morfemaning leksik birlik ekanligi. Morfemalar turlari va sinflari. So‘z negizi va uning turlari. Hozirgi zamon ingliz tilida so‘z tuzilishining turlari. So‘z tuzilishiga diaxronik va sinxronik qarash. Morfemalar yasash. Morfema va allomorfemalar. So‘z tuzilishini morfemik tahlil qilish asoslari va ularning so‘z yasash tahlilidan farqi.
So‘z yasash usullari. So‘zning asosiy tarkibiy qismlari. So‘z negizi. O‘zakning tuzilishi va semantikasi. Keng va kam tarqalgan usullar bilan so‘z yasash. Leksik nomlashda so‘z yasashning roli va o‘rni. So‘z yasash qatorlari zanjiri. Old qo‘shimchalar va ularning turlari. Har xil mezonlarga asoslanib old qo‘shimchalarni tasnif etish. O‘zak old qo‘shimchalarning semantikasi. Yarim old qo‘shimchalar yordamida so‘z yasash. Konversiya, uning kelib chiqishi va asoslari. So‘z yasalish yo‘lini aniqlashda konversiyadagi semantik aloqalarning asosiy mezon ekanligi. Konversiyaning keng tarqalganligini belgilovchi asosiy omillar. Konversiyani tarjima qilish muammolari. Qo‘shma so‘zlarning so‘z yasashning keng tarqalgan yo‘llaridan biri ekanligi. An’anaviy va zamonaviy tilshunoslikda qo‘shma so‘zlarni tasnif qilish asoslari. Qo‘shma so‘z yasashning har xil turlari, ularning keng tarqalganligi. Qo‘shma so‘zlarni ona tiliga tarjima qilish yo‘llari. Qisqartma so‘zlar (abbreviatsiya). Qisqartma so‘zlarning turlari. Klippinglar. Qisqartma so‘zlarni tarjima qilishdagi qiyinchiliklar. So‘z yasashning boshqa usullari: ma’no kengayishi, tovush va urg‘u ko‘chishi, tovushga taqlid qilish va reduplikatsiya, grammatik shakllarning leksikalizatsiyalashuvi va so‘z yasashda har xil turlarning birikuvi.
Frazeologiyaning maqsad va vazifalari. Turg‘un va erkin birikmalarni farqlash muammosi, ularni farqlovchi belgilar. Leksik birikish. Turg‘un birikmalar va ularning har xil mezonlarga asosan tasnifi. Frazeologik birliklarning yuzaga kelish yo‘llari. So‘z va so‘z birikmasining o‘xshashligi va farqi. Frazeologik birliklar va ularni tarjima qilish muammolari.
Til lug‘at tarkibining etimologik jihatdan tasnifi. O‘rganilayotgan tilda keyin paydo bo‘lgan va boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar. Xorijiy tillardan kirib kelgan so‘zlarning turlari, o‘zlashtirilishi, assimilyatsiyasi, lug‘at tarkibi va so‘z yasash tizimiga ta’siri. Baynalminal so‘zlar. Etimologik lug‘atlar.
Leksikografiyaning fan sifatida rivojlanishi. Lug‘atlarning asosiy turlari: ensiklopedik, lingvistik, izohli va tarjima lug‘atlari. Lug‘at turlari muammosi va ularni yaratish uslublari. Lug‘atlar uchun so‘z tanlash, lug‘at maqolalarining tuzilishi va boshqalar. Ingliz, nemis, fransuz va ispan tillaridagi lug‘atlarning asosiy turlari: izohli va tarjima lug‘atlari, sinonimlar lug‘ati, frazeologik birliklar lug‘ati, etimologik, ideografik, maxsus lug‘atlar, neologizmlar lug‘atlari va boshqalar.
O‘quv lug‘atlarining tuzilishi (so‘zlarning birikish yo‘llari lug‘ati, ko‘p qo‘llaniladigan so‘zlar lug‘ati). Turli lug‘atlarda so‘z ma’nolarini ochib berish yo‘llari. Tarjima jarayonida lug‘at bilan ishlash, so‘zning izohli tahlilini o‘rganish, boshqa lug‘atlardagi izohlari bilan qiyoslash. Til lug‘at tarkibining o‘zgarishi sotsiolingvistik hodisa ekanligi. Lug‘at tarkibining sifat va son jihatdan o‘zgarishi. Lug‘at tarkibining leksik va stilistik tasnifi. So‘zlarni ishlatilishi jihatidan tasnif etish. Umumiste’mol so‘zlari va maxsus leksika. Arxaizmlar, istorizmlar, neologizmlar, ularning tarixiy bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri. Asosiy va yordamchi so‘z turkumlarining son jihatidan o‘zaro farqi. Nomlashning faolligi va lug‘at tarkibining boyish yo‘llari. So‘zning ma’no taraqqiyoti rivoji, boshqa tillardan kirgan so‘zlar qatlami.
Stilistika kursining dolzarbligi va vazifalari. Stilistika zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlari nigohida. Stilistikaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi: stilistika va kommunikativ lingvistika, stilistika va pragmalingvistika, stilistika va lingvokulturologiya. Stilistika turlari: qiyosiy stilistika, amaliy stilistika, funksional stilistika, individual uslub stilistikasi. Stilistik tahlil metodlari.
Uslubiy leksika tarkibi: Adabiy so‘zlar, neytral so‘zlar, va og‘zaki so‘zlar. Adabiy so‘zlarning stilistik jihatlari va turlari: atama, arxaizm, neologizm, poetik so‘zlar tushunchalari va ularning matndagi stilistik vazifalari. Og‘zaki so‘zlarning stilistik xususiyatlari va turlari: sleng, vulgarizm, evfemizm, sheva va jargon tushunchalari va ularning matndagi stilistik vazifalari. Tilda me’yor tushunchasi. Shaxsiy yondashuv va me’yor. Umumiy, adabiy, og‘zaki va adabiy uslublar xususiyatlari. Registr tushunchasi.
Funksional uslub va uning turlari. Badiiy uslub xususiyatlari: she’riy, drama va nasr uslublarining asosiy til xususiyatlari. Ilmiy uslub xususiyatlari va vazifalari. Publitsistik uslub xususiyatlari va vazifalari. Axborot vositalari uslub xususiyatlari va vazifalari. Axborot vositalari matnida janr turlari va xususiyatlari. Rasmiy uslub vazifalari, rasmiy uslub turlari va ularning lisoniy xususiyatlari.
Ifoda va stilistik vosita tushunchasi. Stilistik vazifa tushunchasi va turlari. Leksik ma’no turlari. Stilistik vositalarning til sathlararo turlanishi: metafora, metonimiya, ironiya, epitet, mubolag‘a, oksimoron, antonomasiya, zevgma, so‘z o‘yini tushunchasi, lisoniy ahamiyati va vazifalari.
O‘xshatish, perefraza, litota, gradatsiya, antiteza, allyuziya, o‘zlashtirma gap tushunchalari, ularning lisoniy ahamiyati va vazifalari.
Sintaktik stilistik vositalarning lisoniy ahamiyati va vazifalari. Gap qurilishidagi o‘zgarishlarga asoslangan stilistik vositalar: bir bosh bo‘lakli gap, inversiya, parallel konstruksiya, xiazm, takror, sanash, polisindeton, asindeton va ritorik so‘roq gap. Og‘zaki nutqda gap tarkibi o‘zgarishlariga asoslangan stilistik vositalar: ellipsis, tugallanmagan gap, ajratilgan kostruksiya.
Yufoniya, alliteratsiya, onomatopiya tushunchalari va ularning lisoniy ahamiyati va vazifalari.
Adabiy matn tushunchasi. Matn mazmuni, obraz strukturasi: muallif obrazi, tabiat obrazi, asar qahramoni obrazi, badiiy detal tushunchasi va uning turlari. Matn badiiy kompozitsiyasi. Badiiy detal turlari va vazifalari. Matn lingvistikasi asosiy tushunchalari, Matn kategoriyasi turlari: informativlik kategoriyasi, modallik kategoriyasi, matn bog‘likligi va yaxlitligi kategoriyasi, matn segmentatsiyasi, o‘rin payt kategoriyasi, intertekstuallik kategoriyasi. Badiiy asar nomlari, turlari va uning informativligi. Badiiy asar nomining konseptual axborotni ochib berishdagi o‘rni. Matn tahlili metodlari. Matnning konseptual ahamiyati. Matnning milliy – madaniy xususiyatlari. Matnni stilistik, pragmatik, lingvokulturologik jihatdan tahlil etish.
|
| |