Samarqand – 2018
5A111401-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili),
5A120102-Lingvistika (ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan tillari)
KIRISh
Mazkur dastur oliy ta’lim muassasalarining “Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan tillari)”, “Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” ta’lim yo’nalishlarini tugatib, bakalavr darajasiga ega bo’lgan tegishli mutaxassisliklar bo’yicha magistratura bo’limiga kiruvchilar uchun mo’ljallangan.
Magistraturaga kirish sinovlari quyidagi amaliy va nazariy fanlar bo’yicha egallangan bilimlarni aniqlashni nazarda tutadi:
- xorijiy til nazariy fanlar (nazariy grammatika, leksikologiya) asosida tuzilgan testlar;
- o’qib tushunishga oid ko’nikma va malakalar;
- tinglab tushunishga oid ko’nikma va malakalar;
- og’zaki nutq ko’nikma va malakalari;
- yozuvga oid ko’nikma va malakalarini aniqlash.
Taklif etilayotgan tizim zamonaviy pedagogik texnologiyalar talablariga to’liq javob beradi va xorijiy til bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni obyektiv ravishda aniqlash hamda baholash imkonini yaratadi.
|