Nazariy grammatika
Nazariy grammatikaning obyekti va predmeti. Tillarni morfologik tipologiya nuqtai nazardan tasniflash. So’z turkumlari masalasi. Grammatik kategoriyalar va ularning turlari. Morfemalar va ularning turlari. Grammatik shakl va mazmun. Gapda so’zlarni bog’lashga oid grammatik vositalar. Paradigmatika va sintagmatika muammolari. Morfologik va sintaktik yaruslar va ularning birliklari. So’z birikmalari va gaplar, ularning vazifasi (mazmuni) va tarkibi nuqtai nazardan, elliptik va noelliptik gaplar turlari. Lingvopragmatika masalalari. Grammatik valentlik. Gapning aktual bo’laklarga bo’linishi va kognitiv grammatika.
Leksikologiya
Leksikologiyaning obyekti va predmeti. Leksikografiya leksikologiyaning tarkibiy qismi sifatida. Lug’atlar va ularning turlari. So’zlarning semantik tarkibi, polisemantik so’zlar. Yangi so’z yasalishi masalasi (prefiksal, infiksal, postfiksal, konversiya). Produktiv va noproduktiv so’z yasalishi masalalari. Sinonimlar va ularning turlari. Leksik va grammatik ma’no va ular o’rtasidagi farqlar. Neologizm va arxaik so’zlar. Leksikologiyada komponent tahlil.
|