Chet tillarni o’rganishning umumiy asoslari
Oliy ta’lim tizimida chet tillarni, xususan ikkinchi chet tilini o’qitish “Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, arab tillari)”, “Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili)” ta’lim yo’nalishlari uchun Davlat ta’lim standartlari talablariga mos ravishda kamida ikkita chet tillarni mukammal egallagan mutaxassis kadrlar tayyorlashning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mazkur dastur doirasida imtihon topshiruvchi talabgorlar o’rganilayotgan ikkinchi chet tilining muayyan dasturlar asosidagi orfografik, orfoepik, grammatik, leksik va stilistik normalarini egallashlari, ularning barcha nutq faoliyati turlarida yozma va og’zaki shaklda to’g’ri qo’llay olishlari talab etiladi.
|