|
Fan bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan
|
bet | 47/72 | Sana | 24.03.2021 | Hajmi | 164,74 Kb. | | #13479 |
Fan bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan
talablar
Magistraturaga kiruvchilar bakalavriat ta’lim yo’nalishida egallangan quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari kerak:
o’rganilayotgan ikkinchi chet tilining morfologik tuzilishi va tovush tizimi;
o’rganilayotgan ikkinchi chet tilidan o’qitish olib borilayotgan tilga tarjima amaliyoti spesifikasi va stilistik xususiyatlari, me’yoriy grammatika asoslari;
muloqotning og’zaki va yozma turlari;
nutqning dialogik va monologik shakllari haqida tasavvurga ega bo’lishi;
o’rganilayotgan ikkinchi chet tilining yozma, adabiy va norasmiy nutq situasiyalardagi shakllarini;
tilning zamonaviy holati tavsifi, yozuv, grafika, orfografiya, punktuasiya, leksik-grammatik turkumlar, so’z tuzilishi, boshqa tillardan so’z kirib kelishining umumiy qonuniyatlarini;
sodda va qo’shma gaplar, so’z birikmalari sintaksisi, leksika va yozma nutq, dialektal leksikaning asosiy xususiyatlarini;
o’rganilayotgan ikkinchi chet tilining grammatik va sintaktik xususiyatlari, matnning punktuasion rasmiylashtirilishini egallab olishni;
o’rganilayotgan ikkinchi chet tilida so’zlovchi shaxslarning keng tarqalgan kundalik va kasbiy vaziyatlarda so’zlagan nutqini tushuna olish hamda ulardan o’zi uchun zarur bo’lgan axborotni olishni;
turli janrga oid matnlarni chet tilidan ona tiliga va ona tilidan chet tiliga og’zaki va yozma shakllarda tarjima qilishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
o’rganilayotgan ikkinchi chet tilidagi turli murakkablikdagi matnlarni og’zaki ravishda o’z ona tiliga tarjima qila olish;
o’rganilayotgan ikkinchi chet tilida boshqa shaxslar bilan kasbiy va maishiy vaziyatlarda jonli muloqot olib borish;
o’rganilayotgan ikkinchi chet tilida muloqot olib borish, nutq so’zlash;
o’rganilayotgan ikkinchi chet tili va o’qitish olib borilayotgan tildagi ma’lumotlarni qo’llab annotasiya, referat, ma’lumotlar tuzish;
yangi informasion texnologiyalardan kasbga yo’naltirilgan maqsadlarda foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
|
| |