Informatika va axborot texnologiyalari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar




Download 164,74 Kb.
bet61/72
Sana24.03.2021
Hajmi164,74 Kb.
#13479
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72
Informatika va axborot texnologiyalari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar

  • Magistraturaga kiruvchilar informatika va axborot texnologiyalari bo’yicha quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari kerak:

    • Zamonaviy operasion tizimlar. Android, IOS, Windows imkoniyatlari va farqlarini aniqlash bo’yicha;

    • Microsoft Office tizimining ko’rinishi va imkoniyatlari bo’yicha;

    • Internetga ulanish texnologiyalari hamda internetda ishlash huquqiy va axloqiy asoslari xususida;

    • Internetda ishlash dasturlari va qidiruv saytlarining eng so’nggi versiyalari bo’yicha;

    • Masofali o’qitish saytlari va O’zbekistondagi ta’lim saytlaridan mustaqil foydalana olishi;

    • Ta’lim saytlari va ularda ishlash, saytlar yangiliklari bilan tanishib borish, ularda sayt yaratish va o’z shaxsiy varaqasini ochish;

    • Masofali o’qitish saytlarida bilim berish va ta’lim olish texnologiyalarini bilish;

    • Internetda ishlash dasturlarini bilish, dasturlar imkoniyatlari, farqi va afzalliklari, ularni o’z kompyuteriga yuklash va ishlatish;

    • Qidiruv tizimlari Google, Yahoo, Yandex kabilarda zaruriy ma’lumotlarni qidirish usullarini bilish;

    • O’zbekiston Respublikasining axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish borasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarini bilish;

    • Elektron kutubxonalar va ularda ishlash usullari, jumladan, Ziyonet kutubxonasidan o’ziga zarur manbalarni topish, o’qish va yuklash ishlarini bajarishi;

    • Yangiliklar saytlari, ommaviy axborot saytlar, xususan, mtrk.uz, uza.uz., gazeta.uz kabi saytlardan yangiliklarni o’qish, to’g’ri va sara axborotni tanlash;

    • Internetda ishlashning huquqiy va axloqiy asoslarini yaxshi bilish;

    • O’z sohasi xarakteridan kelib chiqib, kompyuter va internet texnologiyalarining kasbiy rivojlanishi uchun foydali jihatlari, xususan, kompyuter va internetda ta’lim olish, til o’rganish va o’rgatish imkoniyatlari, tarjimon dasturlaridan erkin foydalana olish bilim, ko’nikma va malakalariga ega bo’lishi kerak.




    1. Download 164,74 Kb.
  • 1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72




    Download 164,74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika va axborot texnologiyalari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar

    Download 164,74 Kb.