• ____KI_19_22s____ GURUH TALABASINING Web dasturlash FANIDAN 5-Mustaqil ish Bajardi: Abdijabborov A
  • Ki 19 22s guruh talabasining web dasturlash fanidan 5-Mustaqil ish Bajardi: Abdijabborov a phpda veb-sayt ishlab chiqishda axborot xavfsizligi




    Download 58,01 Kb.
    Sana21.05.2024
    Hajmi58,01 Kb.
    #249151
    Bog'liq
    web dasturlash 5


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
    VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    QARSHI FILIALI


    KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
    ____KI_19_22s____ GURUH TALABASINING
    Web dasturlash FANIDAN
    5-Mustaqil ish
    Bajardi: Abdijabborov A
    PHPda veb-sayt ishlab chiqishda axborot xavfsizligi
    Mavjud uslubiy qo‘llanmaga muvofiq axborot xavfsizligi siyosatini (keyinchalik matnda – Siyosat) ishlab chiqish uch bosqichda amalga oshiriladi.
    Siyosatni ishlab chiqish uchun ishchi guruh tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi, unda quyidagi shaxslar bo‘lishi kerak:
    - tashkilot rahbariyati vakili;
    - axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha mas’ul,
    - kadrlar bo‘limi boshlig‘i (HR xizmati);
    - texnik bo‘linmalar vakillari (axborot xavfsizligi ma’muri, tarmoq ma’muri, ma’lumotlar bazasi ma’muri yoki boshqa vakolatli xodimlar).
    Zaruriyatga qarab, tashkilotning boshqa xodimlarini, uchinchi tomon ixtisoslashtirilgan tashkilotlarini yoki mutaxassislarni jalb qilish mumkin.
    Siyosatni ishlab chiqish tartibi quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
    Birinchi bosqich. Dastlabki xavfsizlik auditi, shu jumladan, axborot xavfsizligi holatini dastlabki o‘rganish va inventarizatsiya qilish, tashkilot xavfsizligiga tahdidlarni aniqlash, himoya qilinishi lozim resurslarni aniqlash, risklarni aniqlash.
    Audit jarayonida axborot xavfsizligining hozirgi holatini tahlil qiladi, mavjud zaifliklarni, faoliyatning eng muhim sohalari va tashkilotning xavfsizlikka tahdid jarayonlariga eng sezgir yo‘nalishlari aniqlanadi.
    Audit tashkilotning axborot xavfsizligining tahdidlari va zaifliklarini aniqlashga, siyosatni ishlab chiqish uchun dastlabki ma’lumotlarni olishga, shuningdek, tashkilotni axborotlashtirish ob’yektlarini keyingi sertifikatlashga tayyorlashga imkon beradi.
    Tashkilot auditi davomida quyidagilar amalga oshiriladi:
    - tashkilotning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmon va qarorlari talablariga muvofiqligi o‘rganiladi va tahlil qilinadi, O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari toifalarga taqsimlanishi, shuningdek, tashkilotda axborot xavfsizligi masalalarini tartibga soluvchi normativ hujjatlarning ijrosi o‘rganiladi;
    - tashkilotning kompyuterlari va serverlarini dastlabki tekshirish, ya’ni ishlatilgan operatsion tizimlarning sozlamalari, dastur va tizim dasturlari (dasturiy ta’minot), axborot xavfsizligi vositalari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga kiritilgan boshqa qo‘shimcha qurilmalar va boshqalar tahlil qilinadi;
    - axborot xavfsizligining tahdidlari va zaifliklari uchun tashkilot veb-sayti tahlil qilinadi;
    - tashkilot hududi, perimetri va binolarining jismoniy himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi, ya’ni xavfsizlik tizimi, kirishni boshqarish vositalari, yong‘in xavfsizligi tizimlari va boshqalar;
    - suhbat orqali tashkilot xodimlarining tashkilotda o‘rnatilgan axborot xavfsizligi qoidalari to‘g‘risida xabardorligi baholanadi;
    - tashkilotning axborot va moddiy resurslarini turkumlash va inventarizatsiya qilish tahlili amalga oshiriladi.
    Ikkinchi bosqich. Tashkilotning axborot xavfsizligi siyosati loyihasini ishlab chiqish. Siyosatni ishlab chiqishda quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilish talab etiladi:
    - siyosat amaldagi qonunchilikka va davlat standartlari talablariga to‘liq mos bo‘lishi lozim;
    - siyosat matnida ikki tomonlama talqin qilishga imkon bermaydigan aniq va bir ma’noli jumlalar bo‘lishi lozim.
    Umuman olganda, siyosat axborot tizimlari va axborot xavfsizligi vositalarini amalga oshirishda va ulardan foydalanishda, shuningdek, ma’lumot almashish va axborotni qayta ishlash operatsiyalarini bajarishda foydalanuvchilar, ma’murlar va boshqa mutaxassislarning talab qilinadigan xatti-harakatlari to‘g‘risida aniq tasavvur berishi kerak.
    Siyosat – bu tashkilotning barcha manfaatdor tomonlariga cheklovlarsiz taqdim etilishi mumkin bo‘lgan ommaviy hujjat.
    Uchinchi bosqich. Tashkilotning axborot xavfsizligi siyosatini muvofiqlashtirish va amalga oshirish.
    Ishlab chiqilgan siyosat loyihasi tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga va vakolatli organlarga tasdiqlash uchun yuboriladi hamda tasdiqlangandan so‘ng tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan kuchga kiradi. Shu bilan birga, tasdiqlangan siyosatni to‘liq amalga oshirish uchun aniq sanalar va ijrochilar bilan siyosatni amalga oshirish bo‘yicha tarmoq harakatlar rejasi ishlab chiqilishi lozim.
    Ushbu reja Xodimlarning lavozim tavsiflari, bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizom, tashkilotning shartnomaviy (kontrakt) majburiyatlari axborot xavfsizligini ta’minlash uchun mas’uliyat va majburiyatlarni o‘z ichiga olishi kerak.
    Tashkilotning barcha xodimlarini tasdiqlangan siyosat talablari va qoidalari bilan tanishtirish, shuningdek, axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha muntazam tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish tartibini ta’minlash kerak.
    Agar siyosat talablari tashkilotdan tashqariga chiqsa, axborot xavfsizligi talablari uchinchi tomon tashkilotlari bilan shartnoma majburiyatlariga kiritilishi kerak.
    Download 58,01 Kb.




    Download 58,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ki 19 22s guruh talabasining web dasturlash fanidan 5-Mustaqil ish Bajardi: Abdijabborov a phpda veb-sayt ishlab chiqishda axborot xavfsizligi

    Download 58,01 Kb.