O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“KIBER XAVFSIZLIK FAKULTETI AXBOROT XAVFSIZLIGI” yo`nalishi 713-guruh talabasi
Bizness jarayonlarini boshqarish fanidan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: Biznes bilan shug`illanadigan korxonaning shartnomasini tuzing va yoritib bering.
TEKSHIRDI : Xakimdjanova Dildora
BAJARDI: Numonov Muxiddin
Reja
Biznes bilan shug`illanadigan korxona
Shartnoma tuzilishi
Foydalangan adabiyotlar
Xulosa
Biznes bilan shug`illanadigan korxona
Korxonaning foydalilik darajasi minimal ishlab chiqarish xarajatlari bilan fan va texnika yutuqlaridan foydalangan holda eng qulay sharoitlarni va shu bilan birga yuqori sifatli mahsulotlarni samarali ishlab chiqarishga imkon yaratishidir, boshqacha qilib aytganda, korxona bu – iqtisodiyotni tashkil qilishning shunday shakli boʻlib, u yerda yakka isteʼmolchi va ishlab chiqaruvchi uchta yirik iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun bozor orqali oʻzaro aloqada boʻladi: nima, qanday va kim uchun ishlab chiqarish kerak? Shu bilan birga, tadbirkorlarning va tashkilotlarning birortasi ongli ravishda ushbu iqtisodiy muammolarning uchligini hal qilish bilan shugʻullanmaydi (bozor elementida har kim ularni individual darajada hal qiladi). Maʼlumki, bozor tizimida hamma narsa oʻz narxiga ega. Bozor iqtisodiyoti insonlar va korxonalarni narxlar va bozorlar tizimi orqali ongsiz ravishda muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Agar bozorlarning barcha xilma-xilligini oladigan boʻlsak, unda oʻz-oʻzidan narxlar va ishlab chiqarish muvozanatini sinov va xatolar orqali taʼminlaydigan keng tizimga ega boʻlamiz. Oʻzbekistondagi korxonalar faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining soliq, bojxona, valyuta, moliya, investitsiya va boshqa qonun hujjatlarini oʻz ichiga olgan qonunchiligi bilan tartibga solinib, mamlakatimizdagi korxonalarning ayrim xususiyatlarini, jihatlarini va faoliyatini tartibga soladi.
Korxona Tushunchasi
Korxona — bu mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlib, u mahsulot ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish yoki savdo bilan shugʻullanadi. Korxona oʻz faoliyatini tijorat maqsadida amalga oshiradi va daromad olishga yoʻnaltirilgan.
Korxona Turlari
1. Sanoat Korxonalari: Bu korxonalar turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi, masalan, avtomobillar, kiyim-kechaklar, texnika vositalari va boshqalar.
2. Xizmat Koʻrsatuvchi Korxonalar: Bular xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanadi, masalan, mehmonxonalar, restoranlar, konsultatsion xizmatlar, sogʻliqni saqlash va boshqalar.
3. Savdo Korxonalari: Bu turdagi korxonalar tovarlarni sotib olish va sotish bilan shugʻullanadi. Ular chakana savdo (doʻkonlar) yoki ulgurji savdo (distribyutorlar) bilan shugʻullanishi mumkin.
4. Moliyaviy Korxonalar: Banklar, sugʻurta kompaniyalari, investitsiya fondlari va boshqalar.
Korxona Tuylmalari
- Yakka tartibdagi tadbirkorlik: Bir kishi tomonidan boshqariladigan va egasi boʻlgan korxona.
- Mas'uliyati cheklangan jamiyat (MChJ): Bir yoki bir nechta shaxslar tomonidan tashkil etilgan va mas'uliyati cheklangan korxona.
- Aksiyadorlik jamiyatlari: Aktsiyadorlar tomonidan boshqariladigan va ularga tegishli boʻlgan korxonalar.
- Qoʻshma korxonalar: Turli davlat yoki tashkilotlar oʻrtasidagi sheriklik asosida tashkil etilgan korxonalar.
Korxona Jarayonlari
1. Marketing va Savdo: Bozorni oʻrganish, reklama kampaniyalari oʻtkazish, mahsulotlarni sotish.
2. Moliyaviy Hisob-kitoblar: Moliyaviy rejalashtirish, soliq toʻlovlari, byudjet tuzish.
3. Ishlab Chiqarish: Xom ashyolarni tayyor mahsulotlarga aylantirish jarayoni.
4. Inson Resurslari: Xodimlarni yollash, ularning mehnat faoliyatini boshqarish, treninglar tashkil etish.
5. Logistika: Tovarlar va xom ashyolarni tashish, saqlash va taqsimlash jarayonlari.
Korxona Qonunchiligi
Korxonalar o'z faoliyatlarini amalga oshirayotganda mahalliy qonunchilikka rioya qilishlari kerak. Bu quyidagi sohalarni o'z ichiga oladi:
- Soliq qonunchiligi
- Mehnat qonunchiligi
- Atrof-muhitni muhofaza qilish qonunchiligi
- Foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish
Shartnoma tuzilishi
Shartnomalar tuzish – biznes uchun kundalik amaliyotdir. Korхonada shartnomaviy ishni tashkil qilish ayrim savollarga javoblarni talab qiladi. Nimadan boshlash kerak? Shartnomaga qanday boʻlimlarni kiritish kerak? Qanday shartnoma хatolarini oldini olish yoki yoʻl qoʻyilgan хatolarni tuzatish mumkin? Bu haqda batafsil – yangi sharhimizda.
Shartnomalar – bu bitim ishtirokchilarining asosiy kelishuvlarini qayd qiladigan hujjatlardir. Ular mamlakat doirasida va tashqi savdo oborotida tovarlar va moliyaviy mablagʻlarning harakatini ta’minlaydi.
Barcha tadbirkorlar shartnomaviy munosabatlarga kirishadilar, bu esa ulardan muayyan ishlarni talab qiladi. Jumladan korхonaning oʻzida shartnomani imzolashdan oldin uning loyihasi tuziladi, kontragent bilan kelishiladi, tuzatish va qoʻshimchalar kiritiladi, qonunga muvofiqligi tekshiriladi va h.k.
Shtatlar soni cheklanmagan va moliyaviy хarajatlarini qisqartirishga majbur boʻlmagan sub’yektlar oʻzlarida tegishli boʻlimlarni tashkil qiladilar, u yerga shunday ishlarni bajarish uchun maхsus iqtisodchilar va yuristlar jalb qilinadi. Kichik biznes har doim ham bunday imkoniyatga ega boʻlmaydi, natijada bir qator savollar yuzaga keladi. Bugun biz ularning ayrimlariga javob berishga harakat qilamiz.
Shartnomaviy ish. Nima va qanday?
Korхonada shartnomaviy ish koʻpincha rasmiylashtirishga toʻgʻri keladigan shartnomalarning namunaviy shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlashdan boshlanadi. Tayyor shablonlardan foydalanish vaqtni tejashda qulay: shartnomani “boshidan” yozgandan koʻra unga ayrim aniqlashtirishlar va tuzatishlarni kiritish oson va tez.
Faoliyatning хususiyatlarini inobatga olgan holda kelgusi ish uchun shartnomalarning bir nechta shakllarini tayyorlab qoʻyish mumkin. Hatto shartnomaning bir turi doirasida uning kichik turlarini koʻzda tutish mumkin. Masalan, tovarlar oʻzi olib ketish va хaridorga biryoʻla yoki muayyan davrda partiyalar bilan yetkazib berish shartlarida yetkazib berilishi mumkin. Shunday qilib, kontragentlar bilan oʻzaro munosabatlarning хususiyati bu yerda belgilovchi omil hisoblanadi.
|