• Имзоланган сана 12.12.2002 Кучга кириш санаси 07.02.2003 1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
  • 2-modda. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik
  • ELEKTRON HISOBLASH MASHINALARI UCHUN YARATILGAN DASTURLAR VA MA’LUMOTLAR BAZALARINING HUQUQIY HIMOYASI TO‘G‘RISIDA Ҳужжат рақами 1060-XII Орган
  • Имзоланган сана 06.05.1994 Кучга кириш санаси 28.05.1994 1-modda. Asosiy tushunchalar
  • Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili




    Download 28,33 Kb.
    bet1/8
    Sana28.12.2023
    Hajmi28,33 Kb.
    #128767
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatl-fayllar.org
    Test, O\'z DSt ISO IEC 27039-2017 (ru) Выбор, применение и операции систем обнаружения, 1-amaliy ish tarmoqlararo ekran yordamida kiberhujumlarga qarshi, Kurs ishi. Saydimurod yangi, Dasturlash ii yakuniy nazorat javoblari, давлат таълим талаблари, obyektivka-namuna (1)

    Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili

    Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili.


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI


    AXBOROT ERKINLIGI PRINSIPLARI VA KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA

    Ҳужжат рақами
    439-II
    Орган
    Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси
    Имзоланган сана
    12.12.2002
    Кучга кириш санаси
    07.02.2003
    1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
    Ushbu Qonunning asosiy vazifalari axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlariga rioya etilishini, har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foydalanish va saqlash huquqlari ro‘yobga chiqarilishini, shuningdek axborotning muhofaza qilinishini hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
    2-modda. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik
    Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
    Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
    ELEKTRON HISOBLASH MASHINALARI UCHUN YARATILGAN DASTURLAR VA MA’LUMOTLAR BAZALARINING HUQUQIY HIMOYASI TO‘G‘RISIDA


    Ҳужжат рақами
    1060-XII
    Орган
    Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси
    Имзоланган сана
    06.05.1994
    Кучга кириш санаси
    28.05.1994
    1-modda. Asosiy tushunchalar
    Ushbu Qonunda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar:.
    ma’lumotlar bazasi — obyektiv shaklda ifodalangan hamda elektron hisoblash mashinalari (EHM) yordamida topish va ishlov berish mumkin bo‘ladigan tarzda bir tizimga solingan ma’lumotlar (masalan: maqolalar, hisob-kitoblar) majmui;
    EHM uchun yaratilgan dastur — obyektiv shaklda ifodalangan hamda muayyan natija olish maqsadida EHM, EHM shoxobchalari va boshqa kompyuter vositalarining ishlashi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar va ko‘rsatmalar majmui;
    boshlang‘ich matn — birorta dasturlash tilida yozilgan, biron-bir kompilyator qayta ishlamagan matn;
    obyekt kodi — boshlang‘ich matnning mashina kodiga aylantirilishi natijasida yuzaga kelgan dastur;
    EHM uchun yaratilgan dasturni dekompilatsiya qilish — EHM uchun yaratilgan dasturning tarkibiy tuzilishi va kodlanishini o‘rganish maqsadida obyekt kodini boshlang‘ich matnga aylantirishni o‘z ichiga oladigan texnikaviy usul;
    EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining adaptatsiyasi — yuzaga kelgan muayyan sharoitda EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining ishlashini ta’minlash maqsadidagina amalga oshiriladigan hamda (dekompilatsiya qilish oqibatida) muallifning boshlang‘ich matni o‘zgarishiga olib kelmaydigan qo‘shimchalar kiritish;
    EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini modifikatsiyalash (qayta ishlash) — ularni adaptatsiya deb hisoblanmaydigan va boshlang‘ich matn o‘zgarishiga olib keladigan har qanday tarzda o‘zgartirish;
    EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan nusxa olish — EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini har qanday moddiy shaklda bitta yoki ko‘proq nusxada tayyorlash hamda ularni EHMning xotirasiga yozish;
    EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini tarqatish — EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining har qanday moddiy shaklda, shu jumladan tarmoqlar vositasida va boshqa usullar yordamida, shuningdek sotish, prokatga berish, ijaraga topshirish, qarzga berib turish, jumladan ushbu maqsadlarning istalgani uchun import qilish yo‘li bilan olingan nusxalaridan foydalanishni ta’minlash;
    EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini bosib chiqarish (e’lon qilish) — EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining nusxalarini muallifning roziligi bilan nomuayyan shaxslar doirasiga berish (shu jumladan EHM xotirasiga yozish va bosma matn chiqarish yo‘li bilan berish);
    EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan foydalanish — ularni bosib chiqarish, ulardan nusxa olish, ularni tarqatish hamda xo‘jalik muomalasiga (jumladan, modifikatsiyalashtirilgan shaklda) kiritish yuzasidan boshqa harakatlarni amalga oshirish. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining bosib chiqarilganligi to‘g‘risidagi xabarlarni ommaviy axborot vositalarining ma’lum qilishi EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan foydalanish deb e’tirof qilinmaydi.
    Huquq egalari — muallif, — uning merosxo‘rlari, shuningdek qonun yoki shartnoma asosida mutlaq shaxsiy va mulkiy huquqlarga ega bo‘lgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxslar.

    Download 28,33 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 28,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili

    Download 28,33 Kb.