|
Kichik korxonalarda moliyaviy resurslarni boshqarish mexanizmini takomillashtirish. Reja : Kirish Asosiy qisim
|
bet | 1/7 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 43,11 Kb. | | #258462 |
Bog'liq Kichik korxonalarda moliyaviy resurslarni boshqarish mexanizmini
KICHIK KORXONALARDA MOLIYAVIY RESURSLARNI BOSHQARISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH .
Reja :
Kirish
Asosiy qisim
Korxonalarda moliyaviy barqarorlik monitoringini tashkitish.
Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
Korxonalarda innovatsion faoliyati va innovatsiya.
Korxonalarda innovatsion faoliyatini tashkil qilish va usullari.
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi : O‘zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiyalash g‘oyalarining maqsad hamda vazifalari to‘liq ifodasini topadigan milliy g‘oya va milliy dastur yaratilishi mavjud muammolarni bartaraf etish, iqtisodiyotimiz raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizni jahondagi taraqqiy topgan davlatlar qatoriga tezroq olib chiqishga xizmat qiladi.
Kuchli milliy dastursiz modernizatsiyalash tadbirlari izchil bo‘lmasligi aniq. Shu bois ham texnologik o‘zgarishlarni zamon talablariga to‘liq javob beradigan darajaga ko‘tarish uchun milliy dastur yaratilishi g‘oyat muhimdir.
Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyotimizda yig‘ilib qolgan bunday muammolarni bartaraf etish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar qatorida, O‘zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish bo‘yicha kuchli milliy g‘oya, milliy dastur kerakligini alohida ta’kidladilar. Bunday dasturning yaratilishi mamlakatimizda ilm-fan hamda texnologiyaning rivojlanishi va iqtisodiyotimizni modernizatsiyalashga ulkan hissa qo‘shadi. Shuni alohida ta’kidlash joizk, xizmat ko’rsatish sohasi sub’ektlarining shakllanishi va taraqqiy etishida hamda xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasining yuqori samaradorlik bilan ishlashini ta’minlashda ayrim
muammolarga ham duch kelinmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf qilish,
uning nafaqat amaliy, balki bir qator nazariy masalalarini ham hal etish lozimligi
mazkur soha faoliyati samaradorligini hamda moliyaviy potensialini oshirish
evaziga mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini barqaror rivojlanishiga
olib borilishini taqozo qilmoqda. Bularning barchasi mazkur tadqiqot
mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
|
| |