|
Kichik korxonalarda moliyaviy resurslarni boshqarish mexanizmini takomillashtirish. Reja : Kirish Asosiy qisim
|
bet | 6/7 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 43,11 Kb. | | #258462 |
Bog'liq Kichik korxonalarda moliyaviy resurslarni boshqarish mexanizminiXulosa va takliflar .
Ma`lumki, mamlakatimizda kichik biznesning ahvolini tahlil etish, uning
innovatsion faoliyatini qo`llab-quvvatlash va moliyalashtirish bugungi kunning
asosiy,,masalalari,,hisoblanadi.
Respublikada amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonlari zamonaviy
texnikalarni qo`llash imkoniyatlarining yaxshilanib borayotganligi, innovatsiyani
keng tarzda qo`llanilayotganligidan dalolat beradi. Innovatsiyani qo`llash
maqsadida o`tgan yili faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish,
texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga
asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida faol
investitsiya siyosati yuritishga alohida e`tibor qaratildi.
SHunday ekan, iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo`llabquvvatlash bo`yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish,
innovatsion faoliyatlarni kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo`lga qo`yish,
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish
masalalari alohida o`rin tutdi.
Tadqiqotlarimizga ko`ra, respublikamizda innovatsion faoliyat
xususiyatlarini hamda yirik dunyo kompaniyalari tajribasini o`rganish innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish, korxonalarni innovatsion rivojlanishiga milliy korxonalarimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan moslashtirishning quyidagi
muammolarini ajratib ko`rsatishimiz mumkin:
1. Respublikamiz korxonalarining izga,tushmagan,tizimsiz,innovatsion rivojlanishi. Bu esa kompaniya va xoldinglar boshqaruv tizimida innovatsiyalarni
boshqarish vazifalarining hamda tegishli tashkiliy tuzilmalarning yo`qligi natijasi
hisoblanadi.
2. Innovatsion faoliyatning yuqori tavakkalchilikka asoslanganligi. Bu esa
innovatsiyalar sohasidagi davlat siyosatining beqarorligi va takomillashmaganligi
bilan bog’liq. Marketing tadqiqotlarini o`tkazish, innovatsion mahsulotga talabni
aniqlash, intellektual mulkni himoya qilishda namoyon bo`ladi.
3. Innovatsion rivojlanish tizimini ishlab chiqish o`rniga xoldinglar,
kompaniyalar, korxonalar mulkdorlari, yuqori rahbariyati tomonidan bir martalik
rekonstruktsiyalar va tarkibiy o`zgarishlarning ustuvor qo`llanilishi. Bu esa mulk
egalari va top-menejerlarda zarur malaka va innovatsiyalarni boshqarish uslubiyati bo`yicha ko`nikmalarning yo`qligi natijasi hisoblanadi.
4. Korxonalar xodimlari tomonidan innovatsiyalarga kuchli qarshilik qilish.
Bu esa innovatsiyalarga xos bo`lgan mavhumlik, bunday sharoitda o`z vazifa va
mas`uliyatlarini aniq bilmaslik, noaniqliklarga nisbatan korxonalar xodimlarining
qo`rquvi, himoya choralarining yo`qligi.
5. Ichki bozor uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi ko`pchilik respublikamiz
yirik korxonalari tomonidan ichki bozorga yo`naltirilgan innovatsiyalarga etarlicha e`tibor bermaslik. Bunda eksportga mahsulot chiqaruvchi korxonalar o`zini raqobatbardoshlik darajasini saqlab turish uchun innnovtsiyalarni majbur
qo`llaydilar.
6. Mulkdorlar va menejerlar tomonidan muqobil xarajatlarni yoki boy
berilgan naflarni hisoblashning, korxonani jadal rivojlantirish amaliy tajribasining
yo`qligi sababli yangi texnologiyalarni joriy qilishdan oldingi qo`llanilayotgan
an`anaviy texnologiyalarni ustuvor himoya qilish.
7. Tizimli jarayon sifatida korxona barcha jihatlarini o`z ichiga oluvchi,
innovatsion rivojlanish deganda esa ilmiy-texnik rivojlanishni, tor ma`noda esa
deganda faqat mahsulot va texnologik innovatsiyalarini tushunish sababli
innovatsion rivojlanishga etarli e`tibor bermaslik.Umuman olganda milliy
korxonalarimiz tomonidan innovatsiyalarni faollashtirishga etarlicha e`tibor
berilmayotganligi sababli, ko`pchilik holatlarda korxonalar innovatsiyalarni
amalga oshirishda bir qator qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.
|
| |