• Tursunov Yahyobek Ilmiy rahbari: Noraliyev Nurulla Toshkent - 2024 Mundarija 1. Kirish 2. BOB Ma’lumotlar bazasi
  • BOB Loyihani amalga oshirish
  • Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari




    Download 1,64 Mb.
    bet1/3
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,64 Mb.
    #240415
      1   2   3
    Bog'liq
    Malumotlar bazasi kurs ishi


    OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY TA’LIM, FAN VА INNOVATSIYALAR VАZIRLIGI
    TOSHKENT DАVLАT АGRАR UNIVERSITETI

    MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI” FANI BOʼYICHА


    KURS ISHI

    Mavzu: Pythonda SQLite ma’lumotlar bazasi bilan ishlash

    Bajardi: 22-160 guruh talabasi


    Tursunov Yahyobek
    Ilmiy rahbari: Noraliyev Nurulla

    Toshkent - 2024
    Mundarija
    1. Kirish
    2. BOB Ma’lumotlar bazasi
    Ma’lumotlar bazasi haqida
    Ma’lumotlar bazasi boshqarish tizimlari
    SQL tili
    3. BOB Loyihani amalga oshirish

      1. . Pythonning modullari va kutubxonalari

      2. . SQLite ma’lumotlar bazasi bilan ishlash

    4. Xulosa
    5. Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish
    Hozirgi kunda barcha sohalarda ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim ro`l o`ynamoqda. Jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o`zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo`lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir.
    Axborotlarni qayta ishlashni optimallashtirish maqsadida axborot tizimlari yaratiladi. Avtomatlashgan axborot tizimlari (AT) deb shunday tizimlarga aytiladiki, ularning tarkibida texnik vositalar, jumladan shaxsiy kompyuterlar ishtirok etadi. ATlarni keng ma’noda axborotni qayta ishlaydigan ixtiyoriy tizim sifatida tushunish mumkin. Tadbiq etish sohasiga qarab, AT ishlab chiqish, ta’lim, sog’liqni saqlash, harbiy va boshqa ko`plab sohalarda ishlatiladigan tizimlarga ajratish mumkin.
    ATni maqsadi ishlatilishiga qarab bir qancha turlarga ajratiladi. Jumladan boshqariluvchi, axborot qidiruv, axborot ma’lumotnoma va boshqa tizimlarga ajratiladi. ATni tom ma’noda ba’zi bir amaliy masalalarni yechishda ishlatiladigan apparat dasturiy vositalari majmuasi sifatida ham tushuniladi. Masalan, tashkilotlarda ishlatiladigan kadrlarni hisobga olish va kuzatish, omborxona materiallari va tovarlarni hisobga olish va nazorat qilish, hisobchi masalalarini yechish va boshqalar.
    ATni asosida ma’lumotlar bazasi yotadi. Ma’lumotlar bazasi deganda, ma’lumotlarni shunday o`zaro bog’langan to`plami tushuniladiki, u mashina xotirasida saqlanib, maxsus ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi orqali jamlanishi, o`zgartirilishi va takomillashtirilishi mumkin.
    Axborot xuddi an’anaviy resurslar kabi izlan topish, tarqatish mumkin bo`lgan resursga aylandi. Ushbu resursning foydalanadigan umumiy hajmi kelgusida davlatlarning strategik imkoniyatini, shuningdek, mudofaa qobilyatini ham belgilab beradi deyishga jiddiy asos mavjud.
    Axborot resurslarini oqilona tashkil etish va foydalanishda ular mehnat, moddiy va energetik resurslar ekvivalenti sifatida namoyon bo`ladi. Ayni paytda axborot – bu boshqa barcha resusrlardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni asran avaylashga ko`maklashuvchi yagona resurs turidir.
    Shunday qilib, axborot resurslari zamonaviy axborotlashgan jamiyatda ishlab chiqarishning asosiy qismi bo`libgina qo`lmay, balki milliy daromat manbai sifatidagi tovar hamdir.
    Shu boisdan kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim ro`l o`ynamoqda. Axborot texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o`zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma`lumotlarni o`z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasini yaratish, so`ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo`lib qolmoqda.
    Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o`zgarishi ksbi holatlarinsoniyatni bu ma’lumotlarni o`z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasini yaratish, so`ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo`lib qolmoqda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo – sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo`lmaydi.
    Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko`rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o`rinli bo`lar edi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
    Har qanday axborot tizimining vazifasi real muhit obyektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi – bu qandaydir bir predment sohasidagi real muhitning aniq obyektlari haqidagi ma’lumotlar to`plamidir. Predment sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o`rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushuniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshiruv instituti, oliy o`quv yurti va boshqalar. Shuni qayd qilish lozimki. MBni yaratishda ikkita muhim shart hisobga olish zarur.
    Birinchidan, ma’lumot turi, ko`rinishi, ularni qo`llaydigan dasturlarga bog’liq bo`lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o`zgartirganda, dasturlarni o`zgartirish talab etilmasligi lozim
    Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga hojat qolmasin. Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so`zini ma`lumot so`zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so`zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
    Ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy vositalar, predmet sohasidagi mutaxassislar bo`lishi mumkin. Ma’lumotlar bazasining zamonaviy texnologiyasida ma’lumotlar bazasini yaratish, uni dolzarb holatlarda yuritishni va foydalanuvchilarga undan axborot olishini ta’minlovchi maxsus dasturiy vosita, ya’ni ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan markazlashtirilgan holda amalga oshirishni nazarda tutadi.


    Download 1,64 Mb.
      1   2   3




    Download 1,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari

    Download 1,64 Mb.