(MnO
2
, NaNO
3
, K
2
Cr
2
O
7
)
oksidlovchi
moddalar ishtirokida konsentrlangan ishqor eritmasi bilan suyuqlikning
qaynash temperaturasigacha
qizdiriladi;
- metall buyumni elektrolit eritmasi ichida anod qutbga joylab elektroliz o„tkaziladi - bu protsess
anodirlash
deyiladi.
Pulat buyumlarni oksidlash natijasida xosil buladigan ximoya parda temirning magnitli oksidi Fe
3
O
4
dan iborat bulib, nixoyatda zichdir.
Korroziyaning aktivator va ingibitorlari.
Korroziya jarayonining tezligiga eritmalarda bor ionlar,
N
+
va
ON
-
ionlar
konsentratsiyasi, eritmaning
rN
miqdori katta ta‟sir etadi. Masalan:
N
+
ionlari
konsentratsiyasi eritmada ortsa, korroziya kuchayadi.
Korroziyani tezlatuvchi moddalar
korrozion
aktivatorlar
deb ataladi.
Bularga ftoridlar, xloridlar, sulfatlar, nitratlar, qisman bromid va yodidlar kiradi.
Korrozion muhitda qo„shilganda metallarning
korroziyasini susaytiradigan, sekinlashtiradigan
moddalar
korrozion ingibitorlar
deb ataladi.
Bularga aminlar, mochevina, tiomochevina,
sulfidlar,
aldegidlar, xromatlar, fosfatlar,nitritlar, silikatlar kiradi. Elektr tokini yaxshi o„tkazuvchi muhitda metallni
korroziyadan
saqlash uchun
protektorlar
ishlatiladi. Protektor aktiv metaldan yasaladi. Masalan: po„latni
(qismlar korpusini) himoya qilish uchun rux protektor ishlatiladi. Protektor emirilmaguncha, himoya
qilinayotgan detal korroziyaga uchramaydi.