Kimyo fanidan bilimlar bellashuvining tuman bosqichi
(ixtisoslashtirilgan maktablar) uchun
8 – sinf III variant
1.Fosfat kislotasining dissosiyalanish jarayonida nechta ion hosil bo’ladi?
A) 4 B) 6 C)5 D) 7
2. Berilgan moddalarning ichida elektrolitini ko’rsating.
A) CaCO3 B) BaSO4 C)NaJ D) AgCl
3. J- ioni qaysi ion bilan aniqlanadi?
A) Ag+ B) Ba+ C) alanga D) K+
4. Tarkibi H, P, O dan tashkil topgan. H – 3,7% , P – 37,8% , O – 58,5% ga teng bo’lsa shu moddaning formulasini aniqlang.
A) H3PO4 B) H3PO3 C) H4P2O7 D) HPO3
5. Gidrolizga uchraganda kislotali muhit beradigan tuzlarni aniqlang,
1- Na2SO3 , 2- Al2(SO4)3 , 3 – Ba(NO3)2 , 4- FeCl2 , 5-K2CO3 , 6- NaCl
A) 2,4 B) 1,5 C)3,6 D) 1,4
6. KJ + KMnO4 + H2SO4 = J2 + K2SO4 + MnSO4 + H2O reaksiyasining koffitsentlar yig’indisini va oksidlovchini aniqlang.
A) 41 KMnO4 B) 35 KJ C)33 KMnO4 D) 25 KJ
7. CuCl2 + NaOH = ion almashinish reaksiyasida to’liq ion ko’rinishida nechta ion hosil bo’ladi?
A) 15 B) 13 C)14 D) 11
8. 450 g 48% li sulfat kislota bilan 600 g 30 % li bariy gidrooksid eritmasi reaksiga kirishganda hosil bo’lgan cho’kmaning massasini va ortib qolgan moddaning miqdorini aniqlang.
A) 245 g va 2,5 mol B) 200 g va 1,15 mol C)200 g va 2,5 mol D) 245g va 1,15 mol
9. Berilgan kislotalar ichida eng kuchlisini aniqlang.
A) HClO4 B) HClO3 C)HClO2 D) HClO
10. Sulfat kislotali muhitda kaliy yodidga 6 % li 0,6 litr ( ρ=1,04 g/sm3) KMnO4 eritmasi ta’sir ettirib qancha yod olish mumkin.
A) 175,5 g B) 145,8 g C)134,7 g D) 150,5 g
11. Kaliy peryodat tarkibidagi yodning massa ulushini (%) da aniqlang
A) 47,4 % B) 34 % C)45,8 % D) 55,2 %
12. Xlorli ohakning formulasini ko’rsating
A) KClO3 B) HCl C)CaOCl2 D) CaCl2
13. 32 g bertole tuzidagi kislorod atom sonini aniqlang
A) 4,7 · 1023 B) 3,7 · 1023 C) 6,7 · 1023 D) 5,7 · 1023
14. PH3 fosfin gazining tarkibidagi vodorodning ulushini toping.
A) 7,7 % B) 8,8 % C)3,3 % D) 6,4 %
15. 56 g CuO oksididan misni qaytarish uchun sarf bo’ladigan vodorodning (n.sh.dagi) hajmini aniqlang.
A) 22,4 litr B) 32,54 litr C)15,68 litr D) 43,6 litr
16. 45,6 litr vodorodning massasini, miqdorini va molekula sonini aniqlang.
A) 6g ; 3mol ; 12,26 · 1023 B) 5g ; 2,5 mol ; 22,26 · 1023
C) 3g ; 1,5 mol ; 14,26 · 1023 D) 4g ; 2mol ; 12,26 · 1023
17. 300 g erituvchida 120 g modda erib to’yingan eritma hosil qilsa, shu moddaning eruvchanligini toping.
A) 40 B) 30 C)60 D) 50
18. 450 g 56 % li osh tuzi eritmasidagi tuz va suvning massasini aniqlang.
19. Karnallitning formulasi
20. Qaynoq kaliy gidrooksidga (n.sh.da ) 45 litr xlor ta’sir ettirish natijasida hosil bo’lgan tuzning massasini aniqlang
21. 37 g kaliy xlorid suvda eritilganda nechta xlor ioni hosil bo’ladi?
22.Ishqorning issiq eritmasidan xlor gazi o’tkazilishidan bertole tuzini olish reaksiyasida koeffitsentlar yig’indisi nechaga teng?
23. 56 g CaО bilan 105 g nitrat kislota orasidagi reaksiya natijasida hosil bo’lgan tuzning massasini aniqlang.
24. 3,5 litr eritmada 245 g KOH erigan bo’lsa , shu eritmaning molyar konsentratsiyasini aniqlang.
25.Tarkibi quyidagicha bo’lgan asosni aniqlang: Cr – 50,48 % ; O – 46,6 %; H – 2,91 %
|