|
Kimyo fanini o‘rganishda kimyoviy qonuniyatlar ahamiyati xolova Nargiza BotirovnaBog'liq Xolova Nargiza Botirovna часть
2
«
Научный импульс
»
Мая
, 2023
1513
Kimyo fanini o‘rganishda, kimyoning asosiy tushuncha va qonunlarini anglay bilish va
ularni amaliyotga hamda masalalar echishga qo‘llay bilish, atom tuzilishi va kimyoviy
bog‘lanishning zamonaviy kvant-mexanik nazariyalarini bilib olish va ularni moddalarning
tuzilishlariga qo‘llay bilish, kimyoviy jarayonlarning energetikasi, kimyoviy reaksiya tezligi
va kimyoviy muvozanat, eritmalar, elektrolitik dissosiyalanish nazariyalari qonuniyatlarini
bilish, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuza bilish, elektrokimyo
asoslarini bilish talab etiladi.
Kimyodan laboratoriya amaliyotini o‘tishi natijasida talabalar quyidagi malaka va
ko‘nikmalarni egallashlari talab etiladi: kimyoviy idishlar, reaktivlar, gaz gorelkalari, elektrik
qizdirgichlar bilan ishlay bilishi, texnokimyoviy tarozilarda torta olishi, maydalash, eritish,
qizdirish, bug‘latish, quritish, gaz yig‘ish, eritmalar tayyorlashga oid malakalarini egallashi
talab etiladi. SHisha naylardan foydalanib, kimyoviy moddalarni olish qurilmalarini
tayyorlay bilishi talab etiladi. SHuningdek, kimyoviy formulalar, tenglamalar va eritmalarni
tayyorlashga oid hisoblashlarni va masalalar echishni bilishlari talab etiladi.
Kimyo kursining asosiy maqsadi va vazifasi qilib bo’lajak kimyo o’qituvchilarini ta’lim
standartlari talabalariga javob beradigan bilimlar berish, har bir mavzuga oid
Respublikaning tabiiy zahiralari va ulardan mahsulotlar ishlab chiqarishni bayon etish orqali
o‘qitishning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyatini ko‘rsatib berish, maktab, akademik litsey,
kasb-hunar kollejlari kimyo kurslariga bog‘lik bo‘lgan masalalarni chuqur yoritish orqali
kasbga yo‘naltirishni amalga oshirish olindi. Shuningdek kimyo fanining eksperiment
o‘tkazish imkoniyati juda yuqori bo‘lganligi uchun uni o‘rganish davrida talabalar kimyoviy
idishlar, kimyoviy reaktivlar, gazli va elektr qizdirish vositalari bilan ishlay bilish, zamonaviy
tarozilarda tortish, turli laboratoriya operatsiyalarini o‘tkaza bilish, shisha naylar va idishlar
yordamida turli tajribalar o‘tkazish, qurilmalarini tuza bilish, o‘quv adabiyotlarini tahlil qila
bilish, kimyoviy formula va tenglamalar bilan hisoblashlar o‘tkazish ko‘nikma va
malakalariga ega bo‘lish talab etiladi.
Kimyo fani fizika fani bilan yaqin bog‘lanishda bo‘ladi. Asosan, kimyoviy o‘zgarishlar
sodir bo‘lganda doimo fizikaviy hodisalar yuzaga keladi. Fizikaviy hodisalarni o‘rganib,
kimyoviy jarayonlar mexanizmi, kinetikasini o‘rganish mumkin.
Kimyo fani biologiya, mineralogiya, geografiya kabi fanlarga ham bog‘lanadi, kimyoviy
ishlab chiqarishda texnika fanlari ham kimyoga ko‘maklashadi.
Kimyo fanini o‘qitishda kimyoviy eksperimentdan keng foydalaniladi. Ma’ruzalarda
mavzuga oid kimyoviy tajribalar namoyish qilib ko‘rsatiladi, laboratoriya mashg‘ulotlarida
talabalar mustaqil holda tajribalarni bajaradilar. Kimyoni o‘qitishda muammoli metoddan
keng foydalaniladi, innovatsion texnologiyalardan noorganik kimyo fanini o‘qitishga joriy
qilish ijobiy natijalar bermoqda. Kimyo fanini o‘qitishga axborot texnologiyalarini joriy qilish
dars samaradorligini keskin ortishini ko‘rsatadi. Ayniqsa, an’anaviy vositalar bilan ko‘rsatib
bo‘lmaydigan kimyoviy jarayonlarni multiplikasiya qilib, kompyuter vositasida namoyish
qilib ko’rsatish bilimlarni egallashning muxim didaktik omili ekanligi aniqlangan.
Международныйнаучныйжурнал
№
10
(100),
|
| |