Международныйнаучныйжурнал
№
10
(100),
часть
2
«
Научный
импульс
»
Мая
, 2023
1512
KIMYO FANINI O‘RGANISHDA KIMYOVIY QONUNIYATLAR AHAMIYATI
Xolova Nargiza Botirovna
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani
35 –umumta`lim maktabi kimyo fani o’qituvchisi
Annotatsiya:
Kimyo fanini o‘rganishda, kimyoning asosiy tushuncha va qonunlarini
anglay bilish va kimyoviy reaksiya tezligi va kimyoviy muvozanat, eritmalar, elektrolitik
dissosiyalanish nazariyalari qonuniyatlarini bilish, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining
tenglamalarini tuza bilish, elektrokimyo asoslarini bilish talab etiladi.
Kalit so’zlar:
innovatsion texnologiya, nazariya, amalyot, qonuniyat.
Hozirda barcha fan o‘qituvchilaridan kompetensiyaviy yondashuv asosida bilim berish
talab etilmoqda.Ish tajribamdan kelib chiqqan holda men ham o‘quvchilarda
xususiy
kompetensiyalarni
shakllantirish
uchun
bir
necha
mashqlardan
foydalanaman.Yoshlarimizning qay darajada mukammal bilimga ega bo‘lishi biz
ustozlarning faoliyatiga bevosita bog‘liq.Kimyo faniga o‘quvchining qiziqishini orttirish
kelajakda yurtimizda yetuk mutaxassislarning yetishib chiqishi va ilm-fan,texnikaning
yuksalishi uchun asos bo‘la oladi. Bugun e’tiboringizga havola etmoqchi bo‘lgan
maqolamda kimyoning hayotimizdagi o‘rni va dars jarayonlarida innovatsion
texnologiyalardan foydalanish
haqida fikr yuritar ekanman, uning o‘quvchilarimizning
kimyo faniga qiziqish darajasi ortishining ahamiyatiga to‘xtalaman.Hozirgi kunda ta’lim
jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot
texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan
qiziqish, e’tibor kundan-kunga
kuchayib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri shu vaqtgacha an’anaviy
ta’limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilganligidir. Zamonaviy
texnologiyalar esa ularni egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga,
mustaqil
o‘rganib, tahlil qilishlari, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi.
O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga
sharoit yaratadi va shu bilan bir qatordaboshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini
bajaradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi asosiy figuraga aylanadi. Yangilangan ta‘lim mazmuni
asosida yaratilgan kimyo fani darsliklarining hamma bo`limlariga mo`ljallangan
mashg‘ulotlarda darslar ta‘rif, qoida bilan boshlanmasdan, boshqa fanlar bilan uzviy bog’liq
holda boshlanadi. Mana shu o`rinda o`qituvchi
mahorati, qobiliyati, o'quvi namoyon
bo`ladi. Ana shu jarayonda bir faoliyat usulidan bosqichma-bosqich ikkinchi faoliyat usuliga
o`tishi shakllanadi. Kimyo fanini o‘qitish orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, o‘z-
o‘zini anglash
salohiyati shakllantiriladi,rivojlantiriladi. Ularda milliy, umuminsoniy
qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayot va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun
zarur bo‘lgan bilimlar beriladi hamda mavzular doirasida kompentensiyalar shakllantiriladi.