|
Go‘shtni veterinariya va sanitariya ekspertizasi talablari asosida baxolash
|
bet | 55/79 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #104161 |
Bog'liq гушт сут маъруза 2021 (3)Go‘shtni veterinariya va sanitariya ekspertizasi talablari asosida baxolash
Ma’lumki go‘sht va xayvonlardan olinadigan qo‘shimcha mahsulotlar ko‘pincha yukumsiz va yukumli kasaliklarni tarkatishda sababchi xisoblanadi. Shunga ko‘ra, bu mahsulotlarning sifati va ishlatish uchun yarokli yoki yaroksiz ekanligini aniklash uchun maxsus veterinariya-sanitariya nazoratidan utkaziladi. Ayrim xollarda bu mahsulotlar o‘ziga xos va muayan xolda kayta ishlov berishdan keyin iste’mol kilish uchun yarokli xisoblanadi. Shunga ko‘ra go‘sht va qo‘shimcha mahsulotlar (ya’ni molning kalla-pochalari, ichki organlari va xokazolar), agar kayta ishlovdan keyin ishlatish mumkin bo‘lsa, ularni shartli ravishda iste’molga yarokli deb topiladi.
Mollarni suyishdan oldin ularda yukumli va ayniksa, yukumsiz kasalliklarning bor yoki yo‘q ekanligini aniklash birmuncha murakkab bo‘ladi. Ularning klinik belgi (simptom) lari yakkol ko‘zga tashlanmaydi. Shuning uchun xam suyilgan mollarning go‘shti va qo‘shimcha mahsulotlari mutlak konuniy ravishda veterinariya va sanitariya ekspertizasi kurigidan utkaziladi. bundan asosiy maksad axoli iste’mol kiladigan go‘sht va boshka mahsulotlar soglom xayvondan olingan xoldagina sifatli bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
Davlat "Veterinariya ustavi" talabiga ko‘ra suyilgan mollarning veterinariya va sanitariya nazoratidan utkazish majburiydir. Nazorat ishlari fakat veterinariya mutaxassisliklari tomonidan olib borilishi talab kilinadi.
Barcha go‘sht kombinatlarida gallanuvchi liniyalar bo‘lib, ulardan maxsulotga kayta ishlov berish borasida veterinariya va sanitariya ekspertizasi tadbirlari uchun ishchi o‘rinlari tayyorlangan bo‘ladi. Masalan, koramollarni suyish va maxsulotni kayta ishlash borasida kamida turtta postda nazorat ishlari olib boriladi. Jumladan, mollarning kalla-pochasi, ichki organlari, umumiy nimtasi nazoratdan utkaziladi va nixoyat, yakunlovchi postda mol nimtasida ayrim potologik o‘zgarishlarning bor ‘ki yo‘qligi yana bir marta tekshirib kuriladi.
Mollarni suyish punktlarida va unga katta bulmagan sanitariya kushxonalarida, gallanuvchi liniyalar bulmasligi sababli mollarning nimtasi, kalla-pochasi, ichak-chovoklari, talogi va umuman, barcha ichki organlari nazorat kilish uchun stolga yoki maxsus ilgaklarga osib kuyiladi.
Veterinariya va sanitariya ekspertizasi nazoratini olib boruvchi xodimlar xayvon nimtasi barcha organlarning mikroskopik usulda yoki oddiy ko‘z bilan chamalab ko‘radi. Agar bordiyu biror gumon sodir bo‘lsa, u xolda bakteriologik, biokimyoviy va boshka turdagi tekshirish usullaridan foydalaniladi.
|
| |