• Mavzu- 11 Sigir sutining tarkibi va xususiyatlari. Reja
  • «kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi




    Download 1,07 Mb.
    bet58/79
    Sana23.11.2023
    Hajmi1,07 Mb.
    #104161
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   79
    Bog'liq
    гушт сут маъруза 2021 (3)

    Nazorat savollari:

    1. Tibbiyot va xalk xujaligida mollarning qo‘shimcha mahsulotlaridan foydalanish xakida nimalarni bilasiz?

    2. Ozik uchun yaroksiz xisoblangan chikindilardan kanday va nimalar uchun foydalaniladi?

    3. Kon kolbasasi kanday tayyorlanadi?

    4. Go‘shtni veterinariya va sanitariya ekspertizasi koidalari asosida baxolash ishlari kanday amalga oshiriladi?

    5. Shartli ravishda iste’molga yarokli deb topilgan go‘sht va go‘sht mahsulotlari kanday usulda zararsizlantiriladi?

    6. Extiyotkorlik va xavsizlik texnikasi koidalari to‘g‘risida nimalar bilasiz?

    Mavzu- 11 Sigir sutining tarkibi
    va xususiyatlari.
    Reja:

    1. Sutning kimyoviy tarkibi.

    2. Sutning fizikaviy xususiyatlari.

    3. Sutning bioximik xususiyatlari.

    Sut biologik suyuqlik bo‘lib, sut emizuvchi hayvonlar urg‘ochisining sut bezlari sekretidir. Sut normal boqilgan va yaxshi asralgan sigirlardan tuqqanidan 7-8 kundan keyin olinadi.
    Sut tarkibida 87,5% suv bo‘lib, sut tarkibidagi boshqa moddalar erigan holda, taqsimlangan holida bo‘ladi. Suv sutning plazmasi vazifasini o‘taydi.
    Sutni quritganda o‘rtacha 12,5% quruq qoldiq qoladi, bu qoldiq sutning to‘yimliligini xarakterlaydi. Sutning tarkibidagi moddalar miqdorining o‘zgarishi, quruq qoldiq miqdorining o‘zgarishiga olib keladi. Sut tarkibidagi moddalar ichida ko‘pincha yog‘ miqdori o‘zgarib turadi.
    Shuning uchun amalda sutning sifati va qiymati olingan sutning quruq qoldig‘i bilan o‘lchanadi. Bu quruq qoldiq deyarli o‘zgarmas bo‘lib, o‘rtacha 8,5%ni tashkil etadi. Ko‘pgina adabiyotlarda qaymog‘i olingan sutning quruq qoldig‘i (SOMO) deb yuritiladi - (suxoy obezjirenno‘y molochno‘y ostatok) yog‘sizlantirilgan quruq sut qoldig‘i - YOQSQ.
    Sut tarkibidagi yog‘ sharchalar shaklida bo‘lib, ularning kattaligi 0,1 dan 10 mikrongacha bo‘ladi. Ularni 300-500 marta katta qilib ko‘rsatadigan mikroskop ostida ko‘rish mumkin. Sutning tarkibida 2 dan 6%gacha yog‘ bo‘ladi va o‘rtacha 3,8% tashkil etadi. U suvda erimaganligi uchun uning zarrachalari eng kichik hajmni olish uchun sharchalar shaklida bo‘ladi va ularning 80% 0,5 dan 5 mikrongacha bo‘ladi. 1 millilitr sutda o‘rta hisobda 10 milliard yog‘ g‘sharchalari mavjud. Yog‘ sharchasining soni katta-kichikligi sigirning zotiga, laktatsiya davriga, boqish va asrash sharoitlariga bog‘liq.
    Sutda lipoidlarga bog‘liq holda bo‘yoq moddalar - ksantofil va karotin bo‘ladi. Ular yog‘da erigan bo‘lib, unga sariq tus beradi. Karotin provitamin A dir. Sutda yana bir pigment-yashil-qizg‘ish tusli laktoflovin ham bo‘ladi.

    Download 1,07 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   79




    Download 1,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi

    Download 1,07 Mb.