|
Ichiladigan sutning biologik ko‘rsatkichlari
|
bet | 66/79 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #104161 |
Bog'liq гушт сут маъруза 2021 (3)Ichiladigan sutning biologik ko‘rsatkichlari:
S U T
|
1ml sutdagi bakteriyalar umumiy soni
|
Ichak tayoqchasi titri
|
Shisha va paketlardagi pasterlangan sut
|
|
|
A guruhi
B guruhi
Flyaga va sisternadagi pasterlangan sut
|
50000
100000
200000
|
3
0, 3
0, 3
|
Bolalar muassasalariga mo‘ljallangan sutning kislotaliligi 19oT dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Hamma sut ishlovdan yaxshi o‘tkazilgan bo‘lsa fosfatazani aniqlanadigan reaksiya manfiy bo‘lib chiqishi lozim.
Sutda patogen mikroflora bo‘lmasligi kerak.
Oqsilli sut. Bu sut tarkibidagi yog‘ kamaytirilib, sut oqsillari ko‘paytirilgani bilan xarakterlanadi. Yog‘ini maromiga keltirish uchun dastlabki xom-ashyog‘a yog‘sizlantirilgan yoki qaymog‘i olinmagan sut qo‘shiladi. Yog‘sizlantirilgan quruq moddalar miqdorini maromiga keltirish uchun retsepturaga muvofiq sutga quruq yoki qaymog‘i olinmagan quyuqlashtirilgan sut yoki yog‘sizlantirilgan sut qo‘shiladi.
Bu mahsulot cho‘qmasiz bir jinsli suyuqlikdan iborat, sal sarg‘ish tusli oq rangda bo‘ladi. Kislotaligi 25oT dan oshmaydi. Oqsilli sutda oqsillar - 4,5% bo‘ladi.
Sterillangan sut - Bosim ostida mexanik ishlov berilib, 100oSdan ortiq haroratgacha qizdirilgan sutdir. Bu sut yaxshi saqlanadi. Paketlarga joylashtirilsa u 37oS haroratda 72 soat, 20oS haroratda esa 10 kungacha bo‘zilmay turadi. Bunday sut uchun birinchi navli sigir suti, birinchi navli sutdan olingan qaymoq va yog‘i olingan yangi sut ishlatiladi. Sterillangan sut tarkibida kamida 3,5% yog‘, kamida 8,1% yog‘i olingan quruq sut qoldig‘i, bo‘lishi kerak. Bunday sutlar faqat tor bo‘g‘izli kichkina shisha va qog‘oz paketlarda chiqariladi va bir jinsli qonsistensiyada, sal sarg‘ish oq rangda, mazali bo‘ladi.
Sutning kislotaliligi - 20oT, uning zichligi 1, 27 g/sm3 va undan ko‘p bo‘lishi kerak.
|
| |