|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi
|
bet | 67/79 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #104161 |
Bog'liq гушт сут маъруза 2021 (3)Vitaminlashtirilgan sut - qaymog‘i olinmagan yoki rostlangan sutga sut - vitamin konsentratlari qo‘shish yo‘li bilan tayyorlanadi. Vitamin qo‘shimchalari tariqasida askorbinat kislota - C, vitamini (meditsinada ishlatiladi);
A vitamini(atsetat) ning moydagi eritmasi (1 ml. da 200 ming XB vitam. bo‘ladi) yoki Chetdan keltiriladigan A vitamin konsentrati (1grda 500000 XB vitam. bo‘ladi); D2 vitaminning moydagi (0,5%) eritmasi ishlatiladi. Tayyor mahsulotning har bir metrida 4300 XB A vitamini, 1000 XB vitamin va 100 mg S vitamini bo‘lishi kerak.
Bunday sutlar ham bir jinsli konsistensiyali, rangi oq-sarg‘ish tusli va yot ta’msiz bo‘ladi.
Nazorat savollari:
Hozirgi vaqtda davlatga sut sotish qanday yýlga qo‘yilgan?
Sut sortlariga qarab qanday narxda sotilyapti?
Ichimlik sutining Yog‘i nima uchun 3, 2% bo‘lishi kerak?
Ichimlik sutining qanday turlarini bilasiz, ularga tavsif bering.
Mavzu- 14 Sutni seperatlash-qaymoq tayyorlash texnologiyasi.
Reja:
Sutdan yog‘ni týlik ajratib olishning shartlari.
Qaymoqlarning sifatiga qo‘yiladigan talablar.
Yog‘i olingan sutdan ratsional foydalanish.
1. Sutdan yog‘ni to‘liq ajratib olish shartlari:
1. Separatorga tushayotgan sutning temperaturasi. Sovuq sutning qovushqoqligi yuqori bo‘ladi, bu yog‘ qumoqlarining harakatiga to‘sqinlik qiladi. Shu sababli sutni separatlashdan oldin 30-40oS gacha isitiladi yoki yangi sog‘ilgan holida bug‘i chiqib turganida separatlanadi. > Q30oS emulsiya, < Q26oS suspenziya.
2. Barabanning aylanish tezligi. Baraban vaqt birligi ichida qanchalik tez aylansa yog‘ shunchalik tez va to‘liq ajralib chiqadi.
3. Barabanga tushayotgan sut miqdori. Barabanga vaqt birligi ichida sut qanchalik kam tushsa, u markazdan qochma kuch ta’sirida shunchalik o‘zoq bo‘ladi va yog‘i shunchalik yaxshi ajraladi. Yog‘ni to‘liq ajratib chiqarish uchun ba’zan paplavokli kamera nayining diametrini kichraytirib, kelayotgan sut miqdori 10-15% kamaytiriladi. Ammo sut oqimi kamayishi bilan separatorning ish unumi ham kamayadi.
4. Sutning tozaligi. Sutda mexanik aralashmalar ko‘p bo‘lsa, ular faqat barabanning aralashmalar yig‘iladigan qismidagina emas, balki tarelkalarning chetida va ular orasida ham to‘planib qoladi; bunda sutdan yog‘ ajralishi kamayadi. Sut bilan birga mexanik aralashmalar tushishining oldini olish uchun sut yig‘gichning Cheti egilgan bo‘ladi va unga sutni so‘zib o‘tkazish uchun doka sirib qo‘yiladi. Bundan tashqari, separator 1-1,5 soat o‘zlo‘qsiz ishlagandan so‘ng uni to‘xtatib barabanni yuvib shilimshik moddadan tozalash va shundan keyingina separatorni yana ishga tushirib yuborish lozim.
5. Yog‘ qumoqlarining katta-kichikligi. Yog‘ qumoqlari qancha yirik bo‘lsa, ular shuncha tez ajraladi. Hozirgi separatorlarda yog‘i olingan sutga 0,1 mikrondan kichik bo‘lgan yog‘ kumoqlarigina o‘tadi, yog‘i olingan sutda 0,05% atrofida yog‘ qoladi.
6. Sutning sifati. Sutning kislotaligi yuqori bo‘lsa, qaymoqning sutdan to‘liq ajralishi kiyinlashadi. Sut ivigan bo‘lsa, ivigan sut oqsili separator barabanidagi yig‘ilgan shilimshiq moddaga qo‘shilib, barabanning radiusini kichraytiradi.
|
| |