|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi
|
bet | 65/79 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #104161 |
Bog'liq гушт сут маъруза 2021 (3)Gomogenlash. Sut mahsulotlari, ya’ni muzqaymoq, ichimlik suti, smetana tayyorlashdan oldin qaymoqni bir jinsli holatga keltirish maqsadida normallashtirilgan sutni 120-180 mm. simob ustunidagi bosim ostida 0,1-0,5 mikronli teshiklardan o‘tkaziladi. Bunda 0,8-10 mikron keladigan yog‘ sharchalari bo‘linib kichiklashadi va sut saqlanganda hamda mahsulot tayyorlanganda massa ichidagi yog‘ bir tyokisda taqsimlanishini ta’min etiladi.
Gomogenlangan sutdan qatiq tayyorlansa, uning qonsistensiyasi qattiq (‘yarim suyuq) bo‘ladi, ya’ni suv ochmasdan iviydi. (Jigardek bo‘ladi, qondek iviydi).
Nazorat savollari:
Sutga dastlabki ishlov berish jarayonlari qanday?
Pasterlangan sutda nima uchun bakteritsidlik xususiyati yuqoladi?
Sutni sterillash nima?
Sutni gomogenlash nima?
Mavzu -13 Ichimlik suti tayyorlash texnologiyasi.
Reja:
Davlatga sut sotish
Sutni normallashtirish.
Ichimlik suti turlari va unga qo‘yiladigan talablar
. Qishloq xo‘jalik korxonalarida sutning o‘zi hamda sut mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalari asosida sotib olinadi.
Falsifikatsiyalangan sutni, sigir tuqqanidan keyingi 7 kun davomida sog‘ib olingan sutni, mazasi aniq bo‘lmagan sutni, achchiq, taxir, po‘pakal bosgan va boshqa tam va hid beradigan sutni, shilimshiq - cho‘ziluvchan sutni, quyqali sutni, rangi xos bo‘lmagan sutni, mexanik aralashmalari bo‘lgan sutni, yuqori temperaturali sutlarni, kislotaligi yuqori sutni davlatga topshirilmaydi va qabul qilinmaydi.
Yangi sog‘ilgan yog‘i olinmagan kislotaligi normal sut qabul qilinadi yoki sut Q10oSgacha sovitilgan bo‘lishi kerak.
Sut qabul punktlariga metalldan (oqartirilgan, sirlangan, alyuminiy idishdan) yasalgan hamda qopqog‘i yopiladigan idishlarda (rezina halqali qopqog‘i bor flyagalarda) tashilishi kerak. Qistirmasi qog‘oz, o‘t va poholdan qilingan o‘rov, paxta, kanop matosi ishlatishga ruhsat etilmaydi.
Har xil vaqtda sog‘ib olingan va sovitilgan sutlarni bir-biriga aralashtirish mumkin emas. Sut sisternalarda tashilganda sisternaning har bir bo‘limiga sifatli bir xil sut to‘ldirilishi kerak. Tashish vaqtida sut idishlari(flyaga, sisternalar) plombalanadi va usti brezent, qanor-qop bilan yopilishi kerak. Maxsus avtomobil bo‘lsa shart emas. Sotishdan oldin maxsus idishlarda sovitilgan holda saqlanadi.
Sotish uchun sutga har gal junatish oldidan qabul qilish-topshirish varaqasi to‘ldiriladi, unda sutning og‘irligi, uning yog‘ miqdori, temperaturasi va jo‘natilgan vaqti ko‘rsatiladi. Qabul qilingandan so‘ng sutning yog‘ligiga qarab haqiqiy og‘irligi, mahsulot nomi va miqdori yozib xo‘jalikka qaytariladi. Qabul qilishda foydalanilayotgan zotning imqoniyati asosida bazis yog‘ligi belgilangan bo‘lib shular asosida haqiqiy og‘irligi aniqlanadi.
Jo‘natilgan sut qayd qilish jurnaliga yozib qo‘yiladi. Sutning sortiga qarab har-xil to‘lanadi, kislotaliligi 19oT yuqori bo‘lgan sutga kam xaq to‘lanadi. Kislotaliligi 21oT dan yuqori bo‘lgan sutga belgilangan narxdan 20% kam haq to‘lanadi va sut sotish rejasiga kiritiladi. Ichimlik sut bo‘lishi uchun sut 1 sort bo‘lishi shart.
2. Sutni normallash. Ichimlik suti (med. norma) sifati Germaniyada va arab mamlakatlarida 2,5%, Shveysariyada 3%, Belgiyada va Isroilda 3,2%, AQSHda 3-3,8%, XDM da 3,2% belgilangan. Ko‘proq 3,1% va 4% li ichimlik sutlari tayyorlanadi. Eng ko‘pi bilan 3,2% bo‘lishi kerak. Shuning uchun yog‘i ko‘p yoki kam bo‘lgan sutlar normallashtiriladi, ya’ni muayyan yog‘likka keltiriladi:
1. Tarkibida 3, 2%dan kam yog‘ bo‘lgan tab. sutlarni aralashtirish.
Bunda ;
M1 - tarkibida kamida 3,2% yog‘ bo‘lgan sutning miqdori (kg hisobida);
M2 - tarkibida 3,2%dan ko‘p yog‘ bo‘lgan sut miqdori (kg hisobida);
J1 - M1 sutdagi yog‘ miqdori (% hisobida)
J2 - M2 sutdagi yog‘ miqdori (% hisobida)
150Q225q375 kg sut(yog‘ligi 3, 2%).
2. Qaymog‘i olingan sut qo‘shish. Uning miqdori quyidagicha aniqlanadi:
O - M2 sutni normallashtirish uchun zarur bo‘lgan qaymog‘i olingan sut miqdori (kg. hisobida)
Jo - qaymog‘i olingan sutning yog‘ligi (% - hisobida)
150Q14,5q164, 5 kg 3,2% li sut.
3. Sutning bir qismini separatlagan. (qaymoq aj. olin.).
S - sutni normallashda (3,2% yog‘li sutga aylantirishda) ajratib olinishi kerak bo‘lgan qaymoq miqdori (kg hisobida).
Jk - qaymoqdagi yog‘ miqdori (% xis.).
150 - 1,7 q 148,3 kg 3,2% li ichimlik suti.
(normallashtirilgan)
4. Tarkibida 3,2%dan ko‘p yog‘ bo‘lgan sut bilan yog‘i undan kam sutni qo‘shib normallashtirish.
225Q150q375 kg 3, 2% normal sut.
5. Qaymoq qo‘shish.
225Q1, 7q226, 7 kg 3, 2% sut.
To‘g‘ridan to‘g‘ri sut hamda iste’mol qilish uchun sutni holatiga qarab
1. Qaymog‘i olinmagan tabiiy. 2. Normallashtirilgan tabiiy. 3. Yog‘i olingan tabiiy sutlarga bo‘linadi.
Ishlov berilishiga qarab. Xom, pasterlangan, vitaminlangan, sterillangan, oqsilli, yog‘siz sutlarga bo‘linadi.
Joylashtirilishiga qarab pasterlangan yoki flyagadagi xom sut va butilkalarda yoki karton paketlarga solingan pasterlangan sutga bo‘linadi. Taralarga solish va fasovka qilishdan oldin yog‘li sutlar xom, pasterlangan hamda sterillangan bo‘lishidan qat’iy nazar gomogenlanadi. Ya’ni 0,1-0,3 mikronli teshikli idishdan 220-280 mm3 simob ustunidagi bosim ostida o‘tkaziladi. Bunda yog‘ parchalari maydalanib bir jinsli sut hosil bo‘ladi. Sut saqlanganda yog‘i tepasiga chiqib qolmaydi.
Jarayoni: tozalash, normallashtirish, gomogenlash, pasterlash, sovitish, fasovka qilish (joylash) va saqlash.
Asbob-uskunalarning turiga qarab sut o‘zoq muddatda yoki qisqa muddatda pasterlanadi.
72-75oS - 15-20 sek. Yaxshi. (qisqa).
63-75oS 20 min. O‘zoq.
Shundan so‘ng 4-6oSgacha sovitiladi so‘ngra 0,25; 0,5; 1,0 litrli butilkalarga yoki 0,5; 1,0 litrli paketlarga quyilib berkitiladi. Butilkalar alyuminli tiqin bilan yopiladi.
Mashina 1 soatda 12000 butil yoki paketni o‘tkazadi.
Sotishga chiqariladi: 3,2% 21-22oT;
Somo 8-8,1% sut.
|
| |