|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi
|
bet | 62/79 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #104161 |
Bog'liq гушт сут маъруза 2021 (3)Vitamin V2 (riboflavin) - inson bir sutkada 2-3 mg iste’mol qilishi kerak. Bu vitamin etishmasa oqsil hosil bo‘lishi, yog‘ va moddalar almashinuvi bo‘ziladi, ko‘zi kasallanadi, vazni kamayib ketadi, qon kamayadi va sochlar to‘qiladi. 1 kg sutda 0,8-1,8 mg vit. V2 bo‘ladi.
Vitamin V3 (pantoten kislota)-bir sutkada 5-10mg iste’mol qilinadi. Ichaklardagi mikroorganizmlarni sintez qiladi. Bu vitamin etishmaganida uglevod, yog‘, oqsillar hosil bo‘lishi bo‘ziladi, asab(nerv) sistemasi bo‘ziladi, oshqozon-ichak kasallanadi, teri shamollaydi. 1 kg sutda 1,8-4,4 mg vit. V3 bo‘ladi.
Vitamin V9 (folievaya kislota)- bir sutkada 0,5-1 mg iste’mol qilinishi kerak. Ichak bakteriyalariga qarshi ko‘rashadi. Etishmasa qon aylanishi bo‘ziladi, soch oqarib ketadi. 1 kg sutda 0,4-0,7 mg bo‘ladi.
Vitamin V12 (sianokobolamin)- bir sutkada 0,0025-0,005 mg iste’mol qilinadi. Etishmasa kamqonlik, azotli moddalar bo‘zilishi, asab to‘qimalar bo‘zilishi sodir bo‘ladi. Jigar va oshqozon osti bezi faoliyati bo‘ziladi. 1 kg sutda 0,3-0,7 mg bo‘ladi.
Vitamin S (askorbin kislota) - Sutkada 50-75 mg iste’mol qilinadi. Etishmasa organizm bo‘shashib ketadi, yurak ishlashi susayadi, tez shamollash bo‘ladi, yaralar tuzalishi qiyin bo‘ladi, skleroz kasali, kislorod etishmasligi sodir bo‘ladi. 1 kg sutda 10-15 mg bo‘ladi.
Vitamin D (kalsiferol) - sutkada norma - 0, 025 mg. Etishmasa Ca va p almashinuvi bo‘zilib - raxit kasalligi bolalarda, kattalarda suyak noziqlashishishi sodir bo‘ladi. Tish kasallanadi.
Vitamin E, Vitamin N, Vitamin RR lar ham etishmaganda organizmda jinsiy gormonlar ishlab chiqishi susayadi, ishtaha pasayib, muskullar bo‘shashadi, oriqlashadi, asab(nerv) sistemasi bo‘zilib, uyqusizlik, modda almashinuvi bo‘zilishi sodir bo‘ladi.
Inson hayoti uchun zarur bo‘lgan bu moddalar sog‘ib olingan sifatli sut tarkibida bo‘ladi. Shuning uchun ham sut, insonning dunyog‘a kelishi bilan tatib ko‘rgan birinchi ozig‘idir.
Sutning fizikaviy holati achitish, qizdirish, sovutish muzlatishda ma’lum sharoit tanlashga ta’sir qiladi. Sut sog‘ib olingandan keyin oqsil zarralari asta-syokin yiriklashadi, bu sutning ivishiga sabab bo‘ladi. Fizik xususiyatlarida-zichligi, yopishqoqligi, osmotik bosimi, muzlash nuqtasi, elektr o‘tkazuvchanligi, solishtirma issiqlik sig‘imi tushuniladi.
1. Zichligi - Sutning 20oS dagi og‘irligining 4oS temperaturadagi shuncha hajmli suvning og‘irligi nisbati bilan aniqlanadi. (bu temperaturada suvning zichligi 1 ga teng bo‘ladi) Sutning haqiqiy zichligi 20oSda bilinadi. Amaliyot darsida hisob-kitob qilamiz.
|
| |