|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi
|
bet | 61/79 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #104161 |
Bog'liq гушт сут маъруза 2021 (3)Sut tarkibidagi immun tanalar. Og‘iz suti tarkibida antitoksin, aglyutinin, opsonin, pretsipitin va boshqa immun tanalar uchraydi. Ular yosh organizmda immunitet ishlab chiqarishda katta rol o‘ynaydi.
Sutdagi gormonlar. Ichki operatsiya bezlaridan ishlab chiqarilgan maxsus bioximik birikmalar gormonlar deb ataladi. Sutni hosil bo‘lishi prolaktin va tiroksan gormonlariga bog‘liq. Gipofiz bezining oldingi bo‘limida prolaktin gormoni hosil bo‘lib, sut hosil qilish protsessini kuchaytiradi. Qalqonsimon bezi esa tiroksin gormonini chiqaradi va modda almashinuvida katta rol uynaydi. Suv, em-xashak tarkibida yod kam bo‘lsa, qalqonsimon bezi faoliyati bo‘zilib endemik buqoq hosil qiladi.
Sutda yana adrenalin (buyrak usti bezining gormoni), insulin (oshqozon osti bezining gormoni) va jinsiy bezlarning gormonlari bo‘ladi.
Vitaminlar. Kichik molekulyar organiq birikmalar bo‘lib, organizm normal ishlashi uchun kerakli moddalardir.
1881 yilda N.I.Lunin organizm uchun vitaminlar kerakligini ilmiy asoslab berdi.
1912 yilda polyak olimi K. Funk barcha olimlarning vitaminlar haqidagi asarlarini to‘plab sistemaga tushirdi va birinchi marta fan olamiga vitamin dYog‘an terminni kiritdi (vita-hayot, amin-azot guruhi), ya’ni «hayotamin» deb nom beradi.
U 1914 yilda oziq-ovqatlarda vitamin etishmasa avitaminoz kasalligi paydo bo‘lishini aniqladi.
Hozirgi vaqtda 30 dan ortiq vitamin bor. Ular 2 guruhga bo‘linadi:
Suvda eriydigan vitaminlar - V1, V2, V6, RR, N, R, S lar.
Yog‘da eriydigan vitaminlar - A, D, E, K lar.
Masalan: Vitamin A(retinol)-organizmning o‘sishini, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi; tana terisi holatini yaxshilaydi va infeksiyaga qarshi ko‘rashadi. 1kg sutda 0,2-10 mg vit. A bo‘ladi; vitamin V1ni inson bir sutkada normada 2-3 mg iste’mol qilishi kerak. Bu vitamin etishmasa asab (nerv) sistemasi bo‘ziladi, aql ishlashi zaiflashadi, yurak charchab qoladi va h.k.z. 1 kg sutda 0,3-0,5 mg vit V1 bo‘ladi;
|
| |