|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi
|
bet | 74/79 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #104161 |
Bog'liq гушт сут маъруза 2021 (3)Jami 100 ball.
Oliy navli yog‘ 88-100 ballgacha (ta’mi-hidi 41 baldan kam býlmasligi kerak), birinchi navli yog‘ 80-87 ballgacha (ta’mi-hidi 37 balldan kam býlmasligi kerak).
Sariyog‘lar bochka-yashiklarda shtabel qilib taxlanib nisbiy namligi 90%, muzxona kamerasida - 9-18oS temperaturada 7-12 oygacha; tuzlangan yog‘ 6 oygacha; eritilgani 3-12oC da 12 oygacha saqlanadi.
Sariyog‘da yog‘ 82%dan kam býlmasligi, namlik 16%, osh tuzi 2%dan ortiq býlmasligi, eritilgan sariyog‘da esa yog‘-98%dan kam býlmasligi, namligi - 1% dan ortiq býlmasligi kerak.
Sanitariya - gigiena ishlari va yog‘ni saqlash, sifatli texnologiyalar sifatli ozuqamiz asosidir.
Sariyog‘ falsifikatsiyasi:
O‘simlik moyi kýshilganini aniqlash uchun probirka yo stakanga bir xil hajmda yog‘ va rezorsinning benzoldagi týyingan eritmasi va kuchli nitrat kislota (solishtirma og‘irligi -1, 38) solib aralashtiriladi. Agar sariyoqqa ýsimlik moyi qo‘shilgan býlsa, aralashma binafsha rang hosil qiladi.
Sariyoqqa so‘zma qo‘shilgan býlsa: 66-75oli issiq suvga 1 choy qoshiq sariyog‘ aralashtiriladi. Agar so‘zma kýshilgan býlsa, u idish tagiga chýkadi. Yog‘ toza býlsa, chýkma býlmaydi.
Nazorat savollari:
Sariyog‘ning qanday turlarini bilasiz, ularning bir-biridan farqi nimada?
Avstraliya, AQSH va Shveysariya mamlakatlarida qanday sariyog‘lar ishlab chiqariladi.
Sariyog‘ning ozuqaviy qiymati va tarkibi nimalardan iborat?
Sariyog‘ tayyorlash texnologiyasi qanday jarayonlarni ýz ichiga oladi?
Sariyog‘ andoza talabiga binoan qanday baholanadi?
Mavzu - 17 Pishloq, brinza tayyorlash texnologiyasi.
Reja:
Pishloqlarning qisqacha tavsifi va pishloq ishlab chiqarishda sutning sifatiga kýyiladigan talablar.
Pishloqlar klassifikatsiyasi va navlari.
Pishloq tayyorlash texnologiyasi.
Pishloqlarning etilishi, ularni baholash va saqlash.
1. Pishloq - eng qimmatli parhezbop sut mahsuloti býlib, sut konsentratidir. Oqsillar, yog‘lar, vitaminlar, mineral tuzlar sutda qanday nisbatda býlsa, pishloqqa ham xuddi shunday nisbatda ýtadi. Pishloq uchun asosiy oqsil - kazeindan foydalaniladi.
Pishloqni-oqsilli - yog‘li sut qonsentrati ham deyiladi. Pishloqda ýrtacha 22-30% yog‘, 20-25% -oqsil býladi. Sutni chiritish va pishloq tayyorlash texnikasini Aristotel (eramizdan avvalgi 284-322 yillar) yozib qoldirgan.
Agar har kuni 200 gr. pishloq iste’mol qilsak, ratsionimizdagi oqsilga býlgan talabimizni qondirgan býlamiz.
Pishloq emizikli onalarga homilador ayollarga yoki bolalarga, bemorlar: ýt yýli va jigar kasalliklari, kamqonlikka uchragan kishilar ratsioniga kiritilishi shart. Ayniqsa, sil kasalligida suyak singanda organizmga Sa va R tuzlarini etkazib beradi. Pishloq oson hazm býladi.
Gipertoniya kasalligiga chalingan bemorlarga tuzi kam chucho‘q pishloqlar eyish tavsiya etiladi.
Kamqonlik, yurak, kislota kamayib ketgan me’da kasalliklarida brinza - oq pishloq foydalidir.
|
| |