• 1. ENERGIYA VA UNING MAVJUD BO’LISH SHAKLLARI
  • 2. TERMODINAMIKA FANI
  • Kimyoviy termodinamikaning birinchi qonuni




    Download 54 Kb.
    bet1/3
    Sana07.06.2023
    Hajmi54 Kb.
    #70696
      1   2   3
    Bog'liq
    KImyoviy termodinamika termodinamikaning birinchi qonuni
    5-мактаб Кийиниш маданияти, 1-sinf o\'qish darslarida she\'r o\'tish uslubiyati, 4-sinf O\'qish darslarida masal o\'tish uslubiyoti, Mavzu 4-sinf o`qish darslarida hikoya o`tish uslubiyoti, Моддий рағбатланиш ун кк хужат руйхати, 1-30 tayyor (1), Analitik kimyoda avtoatalitik reaksiya va uni bajarish usuli, Bir chòmichli yuklagichlar, Mikropratsessorli boshqariladigan elektr yuritmalarda axbarot almashinuvini tashkil etilishi, 7-sinf o`quvchilari haqida malumot, 10-sinf Geografiya, ICHKI TAQRIZ, 7 sinf somoniylar savol javob 2024, Amerika ta\'lim tizimi

    Kimyoviy termodinamika termodinamikaning birinchi qonuni

    REJA:
    1. Energiya va uning mavjud bo’lish shakllari.


    2. Termodinamika fani.
    3. Ichki energiya.
    4. Termodinamikaning birinchi qonuni va asosiy tushunchalar.
    5. Birinchi bosh qonunning matematik ifodasi.


    1. ENERGIYA VA UNING MAVJUD BO’LISH SHAKLLARI
    Har qanday jismda molekula va atomlar to’xtovsiz harakatda bo’ladi. Ularning kinetik enegiyalari yig’indisi jismning issiqlik energiyasini tashkil etadi. Molekulalardagi yoki jismning kristall panjarasidagi o’zaro ta‘sirlashuv potentsial energiyasi uning kimyoviy energiya zapasidir. Umuman, sodda qilib aytganda, kinetik energiya – jismning harakatdagi ish bajarish energiyasi, deyish mumkin. Energiyaning bu ikki turi – kinetikaviy va potentsial energiya bir – biriga o’tib turishi mumkin. Masalan, biror jism yuqoriga ko’tarilganda uning kinetikaviy energiyasi kamayib, potentsial energiyasi ortadi. Bunda yerning tortish kuchiga qarshi ish bajarilgan sari, kinetikaviy energiya potentsial energiyaga aylana boradi.
    Biz kundalik turmushda doim bir turdagi energiyaning boshqa turdagi enegiyaga aylanishiga duch kelamiz. Masalan, metall parmalanganda parma qiziydi – mexanik energiyaning bir qismi issiqlik energiyasiga aylanadi, elektr oqimi motorni haraqatga keltiradi. – elektr energiyasi mexanikaviy enegiyaga aylanadi va hokazolar. Ammo, bunday o’zgarishlarda, bir turdagi energiyaning qancha miqdori ikkinchi turdagi energiyaga aylanganini bila olmaymiz. Buni bilishda bizga termodinamika yordam beradi.


    2. TERMODINAMIKA FANI
    Termodinamika turli jarayonlarda energiyaning bir turdan ikkinchi turga va sistemaning bir qismidan ikkinchi qismiga o’tishini, shuningdek, berilgan sharoitda jarayonlarning o’z – o’zicha borish yo’nalishi va chegarasini o’rganadigan fandir.
    Termodinamikaviy sistemaning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishi termodinamikada protsess yoki jarayon deyiladi. Termodinamika yunoncha «termi» va «dinamis», ya‘ni «issiqlik» va «ish» so’zlaridan olingan bo’lib, issiqlik va ishning bir – biriga aylanishi haqidagi fandir.
    Demak, biz termodinamikani o’rganish uchun issiqlik va ishning o’zi nima ekanligini bilib olmog’imiz kerak.
    Uzoq vaqtlarga qadar issiqlikning tabiati haqida ikki xil fikr hukm surib keladi. Birinchi gipotezaga ko’ra jism qizdirilganda u issiqlik oladi. Sovitilganda esa issiqlik beradi, ya‘ni qizigan jism shu jism moddasi bilan issiqlik aralashmasidan iborat.
    Boshqacha aytganda, issiqlik ham modda. U istalgan jismga kira oladi va undan chiqa oladi. Bu fikrni 1613 yilda ilgari surgan Galiley issiqlik moddasiga flogiston, ya‘ni teplorod deb nom berdi. Uning fikriga ko’ra flogiston jismlar orasida turlicha taqsimlanadi. Jismda u qancha ko’p bo’lsa, jism harorati shuncha ko’p bo’ladi.
    Ikkinchi gipotezani 1620 yilda ingliz faylasufi F. Bekon ilgari surdi. Uningcha, issiqlik jismdagi nihoyatda mayda zarrachalarning ichki harakatidan iborat va jism harorati undagi zarrachalarning harakat tezligigi bilan aniqlanadi, degan xulosaga keldi. Bu nazariya fanda issiqlikning mexanikaviy nazariyasi degan nom oldi. Keyinchalik bu nazariya ko’pchilik olimlar tomonidan tajriba yo’llari bilan tasdiqlandi.
    Ish deganda nimani tushinish kerak? Mexanik ish bajarish – qarshilikni, molekulyar kuchlarni, og’irlik kuchini va boshqa kuchlarni yengish demakdir. Jismni qismlarga bo’lish, yukni ko’tarish, relslardan poezdlarni tortish, prujinani siqish – bularning hammasi ish bajarish, ma‘lum vaqt oralig’ida qarshilikni yengish demakdir. Gazni, suyuqlikni, qattiq jismni siqish – ish bajarishdir. Bu ishlar bir – biriga o’xshamasa ham, ularda birta umumiylik bor, ish harakat bilan bog’liqdir; yuk ko’tariladi, poezd siljiydi va hokazo. Harakatsiz ish yo’q, lekin ish tartibili harakat bilan bog’liq. Demak, ish tartibli harakatning bir sistemadan boshqa sistemaga uzatilishidan iborat. Issiqlik ham harakatning bir sistemadan boshqa sistemaga uzatilishidan iborat. Shu jihatdan ular bir – biriga o’xshaydi. Lekin ular orasida muhim farq bor. Issiqlik – molekulalarning tartibsiz harakatining uzatilishi. Ish – tartibli, bir tomonga yo’nalgan harakatning uzatilishidir.
    Tartibsiz harakatning iloji boricha ko’p qismini qanday qilib tartibli harakatga aylantirish, issiqlik yordamida qanday qilib eng ko’p ish bajarish mumkin – termodinamikaning muhim vazifasi ana shu masalani hal etishdan iborat.



    Download 54 Kb.
      1   2   3




    Download 54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kimyoviy termodinamikaning birinchi qonuni

    Download 54 Kb.