CENTRAL BANK OF UZBEKISTAN




Download 2,84 Mb.
bet6/11
Sana19.12.2023
Hajmi2,84 Mb.
#123181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
RаqаmlI MUSTAQIL ISH

CENTRAL BANK OF UZBEKISTAN

O‘zbekistonda elektron pullardan foydalanish tartibi belgilandi
Bugun raqamli texnologiyalar iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlariga jadal kirib bormoqda. Elektron tijoratning rivojlanishi, turli to‘lov xizmatlarini etkazib beruvchilar o‘rtasida raqobat muhitining shakllanishi va kuchayishi, chakana to‘lovlar bo‘yicha tranzaktsion xarajatlar qisqartirilishini, shuningdek, to‘lovlarni amalga oshirishda moliyaviy institutlarning vositachiligini talab etmaydigan innovatsion va jozibador to‘lov vositalarining joriy qilinishini taqozo etdi. O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi elektron pullar muomalasini, jumladan, elektron pullarni chiqarish, foydalanish va ularni qoplash bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyatning huquqiy asosini yaratib berdi. Ushbu qonun asosida “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari” ishlab chiqilib, Adliya vazirligida 2020-yil 29-aprelda 3231-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur hujjat jahon tajribasiga tayangan holda, elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish, elektron pullar muomalasi, elektron pullar tizimida risklarni boshqarish hamda tizimda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi. Unda elektron pullar tizimiga oid asosiy tushunchalar, shu jumladan, “ayirboshlash operatsiyasi”, “bir va ko‘p emitentli elektron pullar tizimi”, “oldindan to‘langan karta”, “elektron pullar tizimining agenti”, “elektron hamyon” va sohaga oid boshqa terminlarga batafsil tushuntirishlar berilgan.

Qoidaga ko‘ra, emitent, operator, elektron pullar tizimining agenti, elektron pullar egasi, shuningdek, emitent bilan shartnoma tuzgan banklar, to‘lov tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) yuridik shaxslar elektron pullar tizimining sub’ektlari hisoblanadi . Bunda elektron pullar tizimining ishlashini ta’minlaydigan bank va (yoki) tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan to‘lov tashkiloti – elektron pullar tizimining operatoridir. Emitent yoki emitent bo‘lmagan boshqa bank operator bilan tuzilgan shartnoma asosida elektron pullar tizimining hisob-kitob banki sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Ta’kidlash joizki, emitent o‘z faoliyatini boshlashi uchun, eng avvalo, elektron pullarni chiqarish va realizatsiya qilishi to‘g‘risida Markaziy bankka belgilangan shakldagi xabarnoma va unga ilova sifatida operator bilan tuzilgan shartnoma hamda elektron pullar tizimi sub’ektlari bilan tuziladigan shartnomalar namunalarini yuborishi zarur.
Mazkur normativ-huquqiy hujjat bilan elektron pullar tizimida tranzaktsiyalarni operator tomonidan elektron pullar tizimi qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu qoidalar operator va emitent o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan tasdiqlanadi. Ko‘p emitentli elektron pullar tizimida esa ushbu qoidalar har bir emitent bilan kelishilgan bo‘lishi talab etiladi.

Download 2,84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 2,84 Mb.