Elektron pullarni qoplash




Download 2,84 Mb.
bet9/11
Sana19.12.2023
Hajmi2,84 Mb.
#123181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
RаqаmlI MUSTAQIL ISH

Elektron pullarni qoplash
Emitent elektron pullar egasi tomonidan taqdim qilingan elektron pullarni mazkur tizim qoidalari hamda emitent va elektron pullar egasi o‘rtasida tuzilgan elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq naqd pulga almashtirish yoki naqd pulsiz mablag‘larni elektron pullar egasining bank hisobvarag‘iga kirim qilish orqali qoplaydi. Bunda emitent tomonidan: elektron pullar egasi – jismoniy shaxsning bank hisobvarag‘iga tegishli summa kirim qilingan yoki unga naqd pul mablag‘i berilgan paytdan boshlab; elektron pullar egasi – yakka tartibdagi tadbirkor va (yoki) yuridik shaxsning bank hisobvarag‘iga tegishli mablag‘ kirim qilingan paytdan boshlab elektron pullar qoplangan hisoblanadi. Emitent tomonidan elektron pullarni qoplash operatsiyasi amalga oshirilganligi to‘g‘risida elektron pullar egasiga qog‘oz yoki elektron shaklda kvitantsiya beriladi. Shu o‘rinda e’tibor qaratish kerak, emitent elektron pullarni chiqarish bo‘yicha faoliyatini tugatadigan taqdirda, kamida o‘ttiz kun oldin Markaziy bankka mazkur belgilangan shaklda xabarnoma yuboradi va bu haqida o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilishi, shuningdek, elektron pullar egalarini va elektron pullar tizimining boshqa sub’ektlarini ommaviy axborot vositalari, jumladan, elektron vositalar orqali mazkur faoliyatni tugatayotganligi haqida xabardor qilishi zarur. Agar emitent tomonidan belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng elektron pullar egasi tomonidan murojaat qilinmagan taqdirda, ularning elektron hamyonidagi elektron pullari emitent tomonidan majburiy ravishda qoplanadi. Emitent tomonidan majburiy ravishda qoplanganidan so‘ng elektron pullar egalari belgilangan tartibda shaxsini tasdiqlovchi hujjat yoki ularga oldindan yuborilgan kodli ma’lumotni taqdim etish orqali pul mablag‘larini olishlari mumkin.
Shu bilan birga, hujjatda elektron pullar tizimida xavfsizlikni ta’minlash va risklarni boshqarish borasida ham emitent va operator tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar batafsil yoritilgan. Umuman olganda, mamlakatimizda to‘lov xizmatlari bozorini kengaytirish orqali elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tovarlar (xizmatlar)ni internet tarmog‘i orqali realizatsiya qilish bo‘yicha zamonaviy mexanizm va tartib-taomillarni joriy qilish, mahalliy tadbirkorlik sub’ektlarining tovarlari va xizmatlarini sotish geografiyasini kengaytirish va hajmini oshirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, to‘lov xizmatlari bozorida zamonaviy to‘lov imkoniyatlarini shakllantirish orqali elektron pullar tizimining sub’ektlari hisoblangan jismoniy shaxslar va tadbirkorlik sub’ektlari uchun xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar hozirlanadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bilan shartnoma imzolagan emitent tomonidan mazkur norezidentning chet el valyutasida nominallashtirilgan elektron pullarini ayirboshlash operatsiyalarining amalga oshirilishi natijasida mahalliy elektron pul tizimlarining xorijiy elektron pul tizimlariga integratsiya qilinishiga shart-sharoit yaratiladi. Bir so‘z bilan aytganda, elektron pullar tizimining yaratilishi va joriy etilishi innovatsion tizimli jarayon bo‘lib, hisob-kitoblarni amalga oshirishda zamonaviy IT va texnologik echimlarga asoslangan holda to‘lovlarni tezkor va qulay usulda amalga oshirish imkonini beradi. Bunda aynan “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari” huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.



Download 2,84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 2,84 Mb.