|
Elektron pullarning chiqarilishi
|
bet | 7/11 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 2,84 Mb. | | #123181 |
Bog'liq RаqаmlI MUSTAQIL ISHElektron pullarning chiqarilishi
Hujjatga muvofiq, elektron pullarning chiqarilishi emitent tomonidan jismoniy shaxs yoki elektron pullar tizimining agentidan qabul qilingan pul mablag‘lari doirasida elektron pullar tizimi qoidalari hamda elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Emitent tomonidan elektron pullarning chiqarilishi uchun jismoniy shaxs naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda pul mablag‘larini taqdim etishi zarur. Ushbu pul mablag‘lari emitent tomonidan hisob-kitob bankida ochilgan maxsus hisobvaraqqa kirim qilinishi ta’minlanadi. Elektron pullarni jismoniy shaxsga va elektron pullar tizimining agentiga realizatsiya qilish elektron pullar tizimi tomonidan har bir elektron pullar egasi uchun shakllantiriladigan elektron hamyonga emitentdan sotib olingan elektron pullarni kirim qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Emitent yoki operator bilan tuzilgan shartnoma asosida elektron pullar tizimining agenti elektron hamyonga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga ushbu pullarni realizatsiya qilish yoki ularni qoplash maqsadida elektron pullarning nominal qiymati bo‘yicha uning egasi bo‘lgan jismoniy shaxsdan sotib olishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi hududida emitent tomonidan chiqariladigan elektron pullar faqat milliy valyutada nominallashtirilgan bo‘lishi shart.
Emitent va elektron pullar tizimining agenti tomonidan elektron pullarni chiqarishda uning egasiga elektron pullarni realizatsiya qilinganligi va elektron pullarning egasi elektron pullarni sotib olganligini tasdiqlovchi kvitantsiya yoki boshqa tasdiqlovchi hujjat qog‘oz shaklda yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Mazkur kvitantsiyada ko‘rsatilishi majburiy bo‘lgan rekvizitlar, xususan,
|
| |