|
Kirish. Avtomobilning ishonchliligi va uzoq muddatgacha ishlashga yaroqliligiga oid asosiy atamalar va tushunchalar
|
bet | 102/164 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 6,09 Mb. | | #109742 |
Bog'liq yurish qismiga txk O\'MT (2)Bilishni xoxlayman
|
Bilib oldim
|
|
|
|
Ilova-№6
Shinalar avtomobilning eng qimmat turadigan elementlaridan biri hisoblanib, ular avtomobilning tortish-to'xtatish mexanizmlari dinamikasiga, turg'unligiga, tekis yurishiga, yonilg'i tejamkorligiga, harakat havfsizligiga ta'sir ko'rsatadi. Shinalarning ishdan chiqishi va ish muddatining kamayishi texnik foydalanish qoidalarini buzish bilan bog'liqdir.
Shinalar mo'ljaldagidan oldinroq ishdan chiqishining asosiy sabablari ichki bosimning ko'tarilishi, bosimning pastligi, g'ildiraklar yaqinlashuvining noto'g'riligi, tormoz barabani ezilib tuxumsimon bo'lib qolishi, tormoz mexanizmlarining bir xil ishlamasligi, avtomobillarga ortiqcha yuk ortilishi, shinalarning o'tkir qirrali predmetlarga urilishi, vaqtida o'rin almashtirilmasligi, haydovchilar mahoratining pastligi, yo'l va iqlim sharoitlarining o'zgaruvchanligi va boshqalar.
Avtomobil shinalariga TXK, shinadagi havo bosimini tekshirish, tashqi tomonini nazorat qilish va protektor yedirilishini aniqlash, undan uchlik narsalarni chiqarib tashlash, juftlab qo'yilgan shinalar orasidan masofani (40-50 mm) tekshirish, ularning o'rnini almashtirishdan iborat.
Shinadagi havo bosimini aniqlash uchun porshenli yoki prujinali monometrlardan foydalaniladi. Siqilgan havo qo'zg'almas yoki qo'zg'aluvchan kompressorli moslamalardan olinadi. Ularning ishlab chiqarish qobiliyati 1 m3/min bo'lib, hosil qiladigan bosimi 1,0-1,2 Mpa ga teng bo'ladi.
Shinalarga TXK jarayoni quyidagicha:
- Diagnostika (D-1) paytida ularning ichki bosimini nazoratdan o't-kazish va 1-TXK paytida ichki bosimni normal holatga keltirish,
- Shinalarni qarovdan o'tkazish, chegara yeyilishini aniqlash, qoplamaga va ular orasiga tiqilgan predmetlarni tozalash, chuqurligini tekshirish,
- 2-TXK paytida shinalarni avtomobildan yechib olib yoki yechmasdan mu-vozanatlash.
Shinalarni ko'proq ishlashi uchun ularni ajratish va yig'ish ishlariga alohida e'tibor berish kerak.
Shinalarni yig'ish ishlarini bajarishdan avval disklar va g'ildirak detallari tekshiriladi (bort va qulf halqalari), hamda iflosliklardan va zangdan tozalanadi. Disklarni to'g'rilash va tozalash uchun maxsus stanoklardan foydalaniladi.
Yengil avtomobillarni shinalarini ajratish va yig'ish uchun maxsus SH-501 M modelidagi kabi jihozlar ishlab chiqarilgan, ulardan tashqari juda ko'p turdagi nostandart jihozlar ham mavjud bo'lib, ular asosan elektrodvigatel, reduktor, siqgich, kranchalar va boshqa detallardan tuzilgan bo'ladi.
Yuk avtomobili va avtobuslarni g'ildiraklarini ajratish va yig'ishda ham maxsus jihozlardan foydalaniladi.
Yengil avtomobil shinalarini ajratib va yig'ilgandan so'ng ularni muvozanatlash zarurdir.
ATK sharoitida shinalarni ta'mirlash.
Shinalar shikastlanganligiga va yedirilganligiga qarab, ularni maxalliy shikastlanganligini (teshik, yirtilish) bartaraf etish yoki yangi protektor yopishtirish yo'llari bilan ta'mirlanadi. Shinalarga yangi protektor yopishtirish, shina ta'mirlash zavodlarida yoki katta ATK larida olib boriladi. Shinalarni tiklash 2 guruhga bo'linadi:
- to'liq yirtilmagan (teshilmagan) shinalarni tiklash
- to'liq yirtilgan shinalarni tiklash.
Shinani ta'mirlab, yangi protektor o'rnatib, yana ekspluatatsiya qilish, shinalarga ketadigan sarf harajatlarni 4-8 barobar kamaytiradi.
Shinalarni ta'mirlash quyidagi tartibda bajariladi:
1. Shinalarni ta'mirlashga qabul qilish-shinalarni qabul qilishda, ularni ta'mirlash yaroqli yoki yaroqsizligi aniqlanadi, hamda ularni ta'mirlash uchun ketadigan harajat va ish hajmi aniqlanadi.
2. Ta'mirlashga tayorlash - bu shinalarni yuvish va quritishdan iborat. Yuvilgan shinalar maxsus quritish shkaflarida 40-60 °S haroratda, 24 soat mobaynida quritiladi.
3. Shinalarni qirqish-Shikastlangan rezina va karkas qismlar 45°- 60° burchak ostida konussimon qirqiladi. Shikastlangan joyiga qarab, ularni uch xil qirqish mumkin: qirqib tayyorlangan shinalar 50-60°S haroratda quritish shkaflarida quritiladi.
4. Yuzani dag'allashtirish - yelimlanadigan yuzalar yaxshi yopishishi uchun dag'allashtiriladi, buning uchun maxsus dag'allashtirish stanoklari ishlatiladi.
5. Kley surtish - yuzaga kley surtish shyotka yoki sepgich yordamida bajariladi. Sepishda kley hamma yuzaga bir xil qalinlikda yopishadi.
Shyotka yordamida 2 marta, birinchi marta 1:8 yoki 1:10 nisbatdagi (1 qism yelimli rezina 8 yoki 10 qism benzin) yelim surtiladi, keyin 1:5 nisbatdagi kley surtiladi. Oraliqda kley quriguncha kutiladi.
6. Teshikni berkitish - 2 usulda bajariladi: qavat-qavat yopishtirish yoki tiqin qo'yish.
qavat-qavat yopishtirishda - teshikka qalinligi 0,7...0,9 mm bo'lgan yupqa rezina yopishtiriladi, undan so'ng qalinligi 2 mm bo'lgan pishimagan rezina ketma-ket yopishtiriladi.
Tiqin qo'yish - bu usulda karkas ichidan qirqib olib tashlanadi va maxsus qirqilgan kord teshik ichiga joylashtiriladi. Bu ish ancha qi-yinchilik tug'diradi. Shuning uchun u ko'p qo'llanilmaydi.
7. Yamash - teshiklar berkitilgandan so'ng yamaladi. Yamash materiallarni bir-biri bilan mustahkam birikishini ta'minlaydi. Sifatli yamash uchun siqish bosimini, harorat va yamash vaqti tanlay bila olish zarur.
Shinalarni yamash uchun jihozlar Shinalarni yamash uchun maxsus jihozlar ishlab chiqarilgan yoki ular ATK sharoitida tayorlanishi mumkin.
Kameralarni ATK da ta'mirlash - kameralar ishga yaroqliligi aniqlangandan so'ng yamaladi. Ishga yaroqli kameralarning qotib qolgan joylari yo'q, yirtiq joylarining bo'yi 50 mm dan, eni 5 mm dan oshmasligi kerak. Teshiklar oddiy yoki pishmagan rezinaga 1:8 konsertratsiyali kley surtilib va yirtiq joyga yopishtirilib jihoz yordamida yamaladi. Oddiy rezina esa charxda dag'allashtiriladi, kley surtilgan teshikka yopishtiriladi va qirralariga 8:10 mm kenglikda pishmagan rezina yopishtirib apparat yordamida yamaladi. Kameralar plitalar ustiga maxsus siqgichlar yordamida siqiladi va 15-20 minut davomida yamaladi.
Shina va kameralarni yo'l sharoitida ta'mirlash.
Yo'l sharoitida shinalarni teshigi qo'ziqorinsimon tiqinlar yordamida berkitiladi.Tiqin shinani ichki tomonidan maxsus bigiz yordamida tiqiladi.
Kameralar esa pishmagan rezina bilan, yo'l sharoitiga mo'ljallangan yamash moslamalari yordamida yamaladi. Yo'lda yamash moslamasi, maxsus vint yordamida bir-biriga yaqinlashtiriladigan yassi plitkalardan iborat bo'lib, ularga ichidan qizdirish elementlari o'rnatilgan bo'ladi, hamda akkumullyator batareyasi yordamida ishlaydi.
Kamerasiz shinalarni ta'mirlash
Kamerasiz shinalar xuddi kamerali kabi ta'mirlanadi, lekin teshiklari 2 xil usul bilan yamaladi. Kichik teshilganda (3 mm ga) shinalar yechilmasdan, joyida, teshigiga shpris yordamida maxsus pasta yuborilib yamaladi. Buning uchun shinadagi bosim 0,03:0,05 MPa ga tushiriladi, pasta yuborilgandan 10-15 min keyin bosim me'yoriga keltiriladi. 3 - 10 mm li teshiklar maxsus probkalar yordamida, shinani diskdan yechmasdan turib yamaladi. Yoki shinani yechib oddiy shinalar kabi yamaladi.
Shinani diski bilan yamash uchun maxsus sterjen yordamida kley surtilgan teshikka tiqin tikiladi va uning uchi pratektordan 2-3 mm chiqarib qo'yiladi.
Shinalar g’ildirakning yo’l notekisliklarida qabul qilgan turtkilarni yumshatib va qisman so’ndirib g’ildirakka tushadigan dinamik yuklanishlarni kamaytiradi. SHuningdek, g’ildirakning tayanch yuza bilan ishlashini oshiradi. Shina g’ildirak to’g’iniga kiydirilib va unda havo bosimi tufayli konus sirtiga ponasimon bo’lib yopishib turadigan bortlar vositasida tutib turiladi. Ular kamerali va kamerasiz turlarga bo’linadi.
Kamerali shinalarda havo turadigan bo’shliq zich berkitilgan kamera hosil bo’ladi, kamerasiz shinalarda esa havo bo’shlig’i shina bilan g’ildirak to’g’inida hosil bo’ladi.
Kamerali shina pokrishka 1, kamera 2 va to’g’in tasmasi 3 dan tarkib topgan.
Shinalarning tuzilishi rasmda tasvirlangan. Shinaning asosiy va qimmat qismi pokrishkadir. Uning asosi karkas 3 bo’lib, chetlari o’zak 10 ga ega boltlar 7 va yondor 4 bilan tugallangan. Karkasning ustki qismida yostiqsimon qatlam breker 11 bor. Karkas rezina kord materialdan tayyorlanib, bir necha qatlamdan tashkil topgan. Uning o’zak va bortlari pokrishkani to’g’inga maxkamlash uchun zarur. Kord gazlamasi rezina bilan qoplanga paxta, kapron yoki pishiq tolali iplardan qilingan bo’lib, pakrishkani deyarli puxta va eguluchan qiladi. Kord iplarini tik yoki yotiq joylanishiga qarab, shinalar dianogalyoki radial kordli bo’ladi. Karkasning utki va yon qismi protektor 1rezinasidan iborat. Protektor shinaning yo’l bilan ilashma xosil qiluvchi sirti bo’lib shinani yo’l qatlami bilan yaxshi ilashishiga ikon beradi va shinani shikastlanishdan muxofaza qiladi. U mustaxkam qalin rezina qatlamidan yasaladi. Protektor shinaning vazifasi, qanday maqsadlarga mo’ljallanganligi va ishlash sharoitiga qarab har xil shakilarda joylashgan tishlardan iborat bo’ladi.
Ilova-№7
Uyga vazifa.
O’tilganlarni takrorlab mavzuga doir qo’shimcha ma’lumotlarni o’zlashtirib yozib kelish.
|
| |