|
-rasm. O‘zDEU avtomobillarida tormoz tepkisining erkin yurish yo‘lini sozlash
|
bet | 164/164 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 6,09 Mb. | | #109742 |
Bog'liq yurish qismiga txk O\'MT (2)72-rasm. O‘zDEU avtomobillarida tormoz tepkisining erkin yurish yo‘lini sozlash.
1-vakuum kuchaytirgich; 2-itargich; 3-tormoz tepkisi; 4-to‘xtash chirog‘ini yoqqich; 5-yoqqich gaykasi; 6-to‘xtatish chirog‘ini o‘chirgich; 7-tepkini tortib turuvchi prujina; 8-bosh silindr.
4. Qo‘l tormozini tekshirish va sozlash. Orqa kolodka qoplamalarining yedirilishi, trossning cho‘zilishi, qo‘l tormozi dastagi yo‘lining ko‘payib ketishiga olib keladi. Orqa g‘ildiraklar dastak to‘liq yo‘lining 2/3 qismda 400 N kuch bilan tortilganda to‘liq tormozlanadi. Uni sozlash uchun dastak ostiga ulangan kolodkalarni tortish trossi uzunligini kamaytirish lozim. Hozirgi vaqtda BSK(TU-6-10-1553-75) va NEVA(TU-6-09-550- 73) turidagi hamda xorijiy firmalarda ishlab chiqarilayotgan tormoz suyuqliklari (DOT-2, DOT-3, DOT-4 va boshqalar)dan keng foydalanil- moqda. BSK suyuqligi kanakunjut moyi(47 %) va butil spirti(53%)dan hamda qizil rang beruvchi organik moddadan tayyorlanadi. Uning kamchiligi minus 15°S dan past va 25°S dan yuqori haroratda o‘z oquvchanligini yo‘qotishidadir. NEVA turkumidagi tormoz suyuqliklari etilkarbitol suyuqligi asosida bo‘lib, quyuqlashtiruvchi va zanglashga qarshi qo‘shimchalardan tarkib topgan bo‘ladi. Bu suyuqliklarni bir- biriga qo‘shib ishlatish man qilinadi.
Uyga vazifa.
O’tilganlarni takrorlab mavzuga doir qo’shimcha ma’lumotlarni o’zlashtirish
yozib kelish.
Darslik va qo’shimcha adabiyotlardan mavzuni o’qib o’rganish.
1. A.I. Komilov va boshqalar. Traktor va avtomobillar. T.:-«Talqin»-2003.
2. «Traktor va avtomobillar». -V.A.Skotnikov taxriri ostida.
3. A.M.Gureevich, Ye.M.Sorokin. «Traktor va avtomobillar».
4.X.Mamatov. Avtomobillar. — Т.: «O'qituvchi», 1995
|
| |