|
Kirish Aylanma pechning tuzilishi va ishlash prinsipi
|
bet | 1/7 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 41,44 Kb. | | #124595 |
Bog'liq Kirish Aylanma pechning tuzilishi va ishlash prinsipi-fayllar.org
Kirish Aylanma pechning tuzilishi va ishlash prinsipi
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………
Aylanma pechning tuzilishi va ishlash prinsipi…………………
Yoqilg’ining yonishini hisoblash………………………………..
Tabiiy gazning yonish hisobini bajarish………………….
Asosiy jihozning issiqlik balansini tuzish……………………….
Jihozning aerodinamik hisobi…………………………………...
Xulosa………………………………….......................................
Adabiyotlar……………………………………………………...
Kirish
Xalq xujaligining rivojlanishida qurilish materiallarining ahamiyati juda katta. Sanoat va uy-joy qurilishining kun sayin o‘sib borishi qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirmoqda. Shuning uchun qurilish materiallari hamda ularni ishlab chiqarish texnologiyasi, ulardan yasalgan materiallar tarkibini bilish va o‘rganish har bir quruvchi-mutaxassis uchun muhimdir. Shu bilan birga, mutaxassis quyidagilarni yaxshi bilishi lozim: a) materiallar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyo; b) xomashyoni ishlash va buyum tayyorlash jarayoni; v) qurilish materiallarining xossalari, ularni sinash usullari va qabul qilish; g) tashish va saqlash usullari; d) materiallarning qurilishda, kerakli joylarda ishlatilishi; e) materiallarni tejash yo‘llari.
Respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo’yicha barqaror o’sish suratlarini ta’minlash, shuningdek, korxonalarni moderniztsiya qilish, texnika va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatida tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 2019 – yilning 13-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezdenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va “O’zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “Qurilish materiallari ishlab chiqarishda innovatsion g’oyalar va texnologiyalar” mavzusida matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Davlatimiz rahbarining 2019-yil 23 maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4335-sonli qarorida qurilish materiallari sohasini jadal rivojlantirish va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish me’zonlari belgilab beriladi. 2003-yilda respublika Qurilish materiallari sanoatida (yirik va o’rta korxonalar bo’yicha) 4062,5 ming tonna sement, 568,1ming km2 ichki devorlarni qoplashga mo’ljallangan bezakli sopol plitkalar, 34,7 mln.m2 yumshoq yopma (tom) materiallari, 313,7 mln dona shartli taxta shifer, 360 ming m2 linoleum, 6434,5 ming m2 deraza oynasi ( 2 mm qalinlik hisobida), 41,2 ming tonna gips va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoq mahsulotlari chet mamlakatlariga eksport qilindi (2004-yilda 31,7 mln. AQSH dollori).
Qotishida о‘zaro ta’sir etuvchi mahsulotlarning kolloidlanish, kristallanish, fazaviy tarkibini о‘zgarishi о‘rin tutadi.
Mashhur kimyorgar va texnologlar bо‘lmish A. Le-SH atelye, A. Lyafyum, J. L. Vika, V. Mixaelis, G. Kyul, R. Bogg, A. R. Shumyachenko, A. A. Baykov, P. P. Budnikov, V. A. Kind, V. F. Juravlev, V. N. Yung, P. A. Rebinder, S. D. Okorokov, Y. M. Butt, N . A. Toropov, M.M. Sichyov va boshqa bir qator olimlarning ilmiy izlanishlarda hozirgi zamon sement ishlab chiqarishni ilmiy jihatdan asosladilar. Biroq, gidratatsiya, qattiq jism xususiyatlarini shakllanishi, sement toshining qotishi va korroziyalanishi kabi murakkab kimyoviy jarayonlari hanuz oxirigacha oydinlashtirilmadi.
Respublikamiz xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari orasida qurilish materyallari salmoqli o‘rin egallaydi.Shu jumladan qurilish materyallarini umumiy ishlab chiqarish hajmiga nisbatan tsement – 70 % ni,shifr – 15 % ni,maxsus qurilish materyallari – 10 %ni va boshqalar - 5 % ni tashkil qiladi. Ushbu keltirilgan ma‘lumotlardan ko‘rinib turibdiki qurilish materyallari ichida sement ishlab chiqarilishi katta ahamiyatga ega va tez suratlarda rivojlanib bormoqda. Sement kimyosi masalalari dunyo olimlari tomonidan amalga oshiriluvchi fundamental ilmiy izlanishlardandir. Ushbu ilmiy izlanishlarni natijalari sement kimyosi bо‘yicha о‘tkaziluvchi yirik xalqaro forumlar – kongresslarda umumlashtiriladi va muhokama etiladi. Ushbu qurilish materialining o’rtacha yillik о‘sishi 6 % dan ortadi, bu esa sement ishlab chiqarilishining rivojlanishini boshqa sanoat mahsulotlariga nisbatan ancha yuqori ekanligidan guvohlik beradi.
Bugungi kunda sement tayyorlash texnalogiyasi sohasi oldida bir qancha vazifalar turadi. Bu vazifalarga 1000-2000 markali, mustahkamlik darajasi yuqori hamda o‘ta tez qotib, sutka mobaynida markadagi mustahkamligining 70% iga erishadigan sementlar tarkibini ishlab chiqarish va ularni tadbiq etish kiradi. Bunday sementlar asosida tayyorlanadigan betonlar va beton konsruksiyalar korroziyaga, sovuq,quruq va issiq iqlim sharoitiga chidamliligi bilan birga suv o‘tkazmaslik kabi xossalarini oshirishi ham muhim vazifalardandir.
|
| |