II. Aylanma pechning tuzilishi va ishlash prinsipi




Download 41,44 Kb.
bet2/7
Sana20.12.2023
Hajmi41,44 Kb.
#124595
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kirish Aylanma pechning tuzilishi va ishlash prinsipi-fayllar.org

II. Aylanma pechning tuzilishi va ishlash prinsipi
Aylanma pech – yotiq silindr shaklidagi sanoat pechi. Aylanma pech boʻylama oʻqi atrofida aylanadi yoki tebranadi. Metallarni suyuklantirish, materiallarni quritish, bolgʻalash yoki shtamplash uchun metall xom ashyoni qizdirish, metall buyumlarga
ishlovi berish, sement pishirish va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan. Pechning aylanib turishi natijasida issiqlik bir tekis taqsimlanadi, shuning uchun pechning ichki qoplamasi uzoqqa chidaydi. Aylanma pechda material yoki buyumlar yonilgʻining yonish mahsulotlari, elektr toki yoki elektr yoyi bilan qizdiriladi. Quritish va issiqlik ishlovi berish (issiqlik termik ishlash)da material pechning bir boshidan kiritilib, ikkinchi boshidan chiqariladi; bunday pechlar uzluksiz ishlashi mumkin.
Quruq usulda sement ishlab chiqarish ishlatiladigan aylanma pechlarning uzunligi 3,6-52; 4-60; 5-75; 6,9/7-95 m ga ega bo`lgan Germaniyaning “Gumbolt” firmasining aylanma pechlari keng tarqalgan. Takomillashgan tuzilmaga ega siklonli issiqlik almashtirgichlarda dekarbonizatsiyalanish darajasi 35-40 % ga yetadi. Bunday pechlarning unumdorligi 4000 t/sut gacha bo`lishi mumkin. Siklonki,issiqki almashtirgichli aylanma pechlarning ishlash prinsipi quyidagicha. Quruq donalanmagan xomashyo uni pechga kirgunga qadar muallaq holatda bula turib harakatdagi issiq gazlar va gaz orasida shiddatli issiqlik almashinishini ta’minlaydi. Har qaysi siklonda issiqlik almashinish gaz va xomashyoning bir tomonga yo`nalgandagi harakati, yani to`g`ri oqim prinsipi asosida, barcha siklonlar tizimida esa issiqlik almashinish – qarama-qarshi oqim prisipi bo`yicha, ya’ni aylanma pechdan chiquvchi issiq gazlar quyi siklondan yuqori siklonga qarab harakat qiladi, xomashyo esa yuqori siklonga tushib, siklonlarning barcha bosqichlaridan o`tib, aylanma pechga tushadi. Siklonli issiqlik almashtirgichlari bo`lgan aylanma pechlarning afzalligi – soda tuzilganligi, ishonchli tarzda ishlashi, issiqlik sarfining kamligi, klinkerning solishtirma chiqishining ko`pligi va uning yuqori sifatliligi, issiqlik almashtirgichlarda harakatlanuvchi qismlarning mavjud emasligi, xomashyo aralashmasiga nisbatan yuqori sifatda bo`lishini talab etmasligidir.
Bu pechlarning kamchiliklari – siklonli issiqlik almashtirgichlarni yuqori balandliklarda o`rnatilishi (12 m gacha), gaz oqimiga bo`lgan yuqori aerodinamik qarshilik, chiqib ketuvchi gazlarning yuqori haroratda bo`lishi, xomashyo zarrachalari o`lchamlarining kichikligi (10 mkm gacha) sababli chi quvchi gazlarni tozalashning mjurakkabligidir. Aylanma pechlarning aylanishlar tezligini boshqarish bosqichli bo‘lib, minutiga 0,61,2 aylanish oralig‘idadir. Pechning korpusi olovbardosh g‘isht bilan futerovka qilinadi, Chiqish qismida pech futerovkasining qalinligi 700 mm,

Rasmda:Quruq usulda sutkasiga1800 t portlandsement beradigan SMЦ-73 aylanma pechning ko’rinishi: 1-o’lchami5 x 75 m li aylanma pech; 2-xom-ashyoni qabul qilib oluvchi pech moslamasi; Z-SMЦ-75 stiklonli issiqlik almashuvchi qurilma; 4-xom-ashyoni uzatish qurilmasi; 5-SMЦ-83 "Volga-150 S" kolosnikli sovitgich.
Pechning sovuq chetida 2,5 m oralig‘ida filtr-isitgich o‘rnatilgan bo‘lib, uning uzunligi 3,5 m dan iborat. Quruq usulda sement ishlab chiqarishda ishlatiladigan aylanma pechlar 4 zonadan iborat bo‘lib, ular quyidagicha nomlanadi: Siklonli issiqlik almashtirgichlar tizimi 4, 5, 7, 9 siklonlarning to`rt bosqichidan (I-IV) tashkil topadi. Ular varaqasimon po`latdan payvandlash yordamida tayyorlanib, ichki tomonidan o`nga chidamli g`isht bilan qoplanadi. Siklonlar vertikal bo`yicha metall yoki temirbeton etajerkalarda joylashtiriladi va o`zaro 2, 3, 8, 10, 13 tutun yo`llari orqali tutashtiriladi. Xomashyo uni pnevmonasoslar orqali 12 bunkerga beriladi, u yerdan ta’minlagichi va sarf o`lchash asbobidan tashkil topgan ulushlovchi jihozga yetkaziladi. So`ng xomashyo uni 4000C gacha qizigan gazlar bilan 8 gaz yo`li orqali 7 siklonga chiqariladi. .Changsizlantiruvchi siklonlarga, so`ng 15 tutun so`ruvchi ventiyator vositasida elektrofiltr orqali 14 tutun chiqarish quvuriga beriladi. IV bosqich siklon ichidan 7 xomashyo uni 250-3500C gacha qizigan markazga intilma kuchi ta’sirida qamrab olinadi va III bosqich 9 siklonga yo`naladi, u yerdan esa xuddi shunday ravishda avval II bosqich 5 siklonga, so`ng esa I bosqich 4 siklonga va 1 pechga keladi.
Maydalangan sement klinkeri xech qanday aralashmasiz yoki qum yoxud qum va shag‘al bilan suvda qorilganda, vaqt о‘tishi bilan tishlashib tobora mustahkamlana boradigan va toshsimon holatga о‘tadigan sementtoshga, qorishmaga va betonga aylanadigan plastik hamir, qorishma va beton hosil bо‘ladi. Yangi hosil bо‘lgan kimyoviy birikmalarning tarkibi sementlarning kimyoviy va mineralogik tarkibiga, shuningdek, reaksiya ketayotgan muhitda temperaturaning о‘zgarishiga bog‘liq. Ma’lumki, oddiy portlandsementning klinker qismi kuyidagi fazalardan iborat (% hisobida):
Alit C3S ……………………………………………………………..45…60
Belit C2S …………………………………………………………….20…30
Uch kalsiy alyuminat C3A (qisman 12CaO•7Al2O3)………………5…12
C4AF (alyumoferrit fazasi) …………………………………………10…20
Shisha fazasi ………………………………………………………….5…15
CaO (erkin holda) ……………………………………………………0,5…1
MgO, erkin va boshqa fazalarda ………………………………………1…5
Na2O+K2O ishqoriy fazalarda ……………………………………….0,5…1
Hozirgi vaqtda aylanma pechlar xomashyo uni va xomashyo shlamini kuydirish uchun eng keng qо‘llaniladigan agregatlardandir. Quruq va hо‘l usulda sement ishlab chiqarish uchun qо‘llanuvchi agregatlarining tuzilishi bir-birlaridan sezilarli farq qiladi.
Quruq usul bо‘yicha sement ishlab chiqarishda ishlovchi kuydirish agregati pech tashqarisida joylashuvchi issiqlik almashtirgichlar tizimi va kaltalashtirilgan aylanma pechdan iborat. Issiqlik almashtirgichlar tо‘rt bosqichlik siklonlardan tashkil topadi va ularda xomashyo uni siklonlarning yuqorigi (tо‘rtinchi) bosqichidan pastki (birinchi) siklonga tomon harakat qiladi.
Materialni siklonli issiqlik almashtirgichlar ichida bо‘lishi uchun bir minutga yaqin vaqt talab qilinadi, bu vaqt ichida harorat 750–800 °C gacha kо‘tariladi va materialning qisman dekarbonizatsiyalanishi sodir bо‘ladi. Dekarbonizatsiyalanish darajasi pech tashqarisidagi siklonli issiqlik almashtirgichlarning turiga ko’ra 30-40%
tashkil etadi,qо‘shimcha reaktor qо‘llanishida esa (dekarbonizator) 90–95 % yetadi.
Issiqlik almashtirgichlar qurilmalaridan о‘tgach xomashyo aralashmasi aylanma pechga kiradi, siklonli issiqlik almashtirgichlardan chiquvchi gazlar esa xomashyo maydalovchi tegirmonlarga yoki sovutgich orqali kollektorlarga о‘tadi, bu yerga tegirmonlar orqali о‘tgan gazlar bilan birlashadi. Chiqib ketuvchi gazlar kollektor ichidan chiqishda elektrofiltrlar vositasida tozalanib dimosos yordamida tutun mо‘rikonga yо‘naltiriladi. Hozirgi paytda sement ishlab chiqarish eng keng tarqalgan quruq usulda ishlovchi Ø6,4 m diametrli, uzunligi 95 m bо‘lgan va 125 t/soat unumdorlikdagi aylanma pechda amalga oshiriladi.


Download 41,44 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 41,44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. Aylanma pechning tuzilishi va ishlash prinsipi

Download 41,44 Kb.