Neftning aromatik uglevodorodlari




Download 3,83 Mb.
bet12/30
Sana31.01.2024
Hajmi3,83 Mb.
#149035
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Bog'liq
Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi

1.6. Neftning aromatik uglevodorodlari
Markovnikov va Ogloblin neft tarkibini o‘rgana turib neftdan benzol, toluol, ksilollar, etilbenzol,1,2,4-trimetilbenzol vav ushbu sinfning bir qancha vakillarini ajratib olishga muvaffaq bo‘lganlar. Hozirgi vaqtda benzolning o‘z halqasida bitta, ikkita, uchta va to‘rtta o‘rinbosar tutgan gomologlari neft tarkibidan ajratib olindi. O‘rinbosarlar ichida eng ko‘p uchraydigani bu metil radikalidir.
Aromatik uglevodorodlar 200 оС gacha bo‘lgan fraksiyalardan topilgan. Neft tarkibida benzol va uning ggomologlari turli tuzilishlarda uchraydi. Ammo ularning miqdori unchalik ko‘p emas. Neftning kerasino-gazoylli qismidan (200-250 оС oraliqdagi fraksiya) benzol hosilalari bilan birga naftalen va uning yaqin gomologlari hg‘am uchraydi. Bu tip uglevodorodlari pikrin kislota bilan kristall moddalar – pikratlarni hosil qiladilar. Shu yo‘l bilan ularning neftdan ajratib olinadilar va so‘ngra pikratlarni ajratgandan keyin identifikasiyalanadi. Vohamizning turli joylaridagi neft havzalarida oxirgi vaqtlarda naftalenning gomologlari topildi:
Metilnaftalin alfa va betta tuzilishli. Etilnaftalinlar. Dimetilnaftalinlar: 1,2-, 1,3-, 1,5-, 1,6-, 2,3-, 2,6-. Trimetilnaftalinlar: 1,2,5-, 1,3,5-, 1,2,6-, 1,3,6-, 1,3,7-, 1,4,6-, 1,6,7-, 2,3,6-. Tetrametilnaftalinlar: 1,2,3,4-, 1,2,5,6-, 1,2,6,8-, 1,4,5,7-, 2,3,6,7-.
Bir xil yoki bitta namunadagi neftning kerasino-gazoyl fraksiyasidagi aromatik uglevodorodlarning miqdori shu neftning benzin fraksiyasidagi miqdoridan doimo 15-35% gacha ortiq bo‘ladi. Yuqori fraksiyalarda juda murakkab tuzilishli polisiklik aromatik uglevodorodlar topilgan. Ularning halqalari uchta, to‘rtta va beshta kondensirlangan benzol halqalaridan tuzilgan. Fizikaviy xossalari jihatidan benzol va uning gomologlari xuddi shunday uglerod atomlari soniga teng bo‘lgan alkanglar va sikloalkanlardan tubdan farq qiladi. Ularning zichligi va nur sindirish ko‘rsatkichlari yuqoridir. Benzol, p-ksilol, durol, tetra-, penta va geksametilbenzollar O dan yuqori haroratda suyuqlanadilar. Quyida ayrim aromatik birikmalarning kristalizasiyalanish jadvali keltirilgan [33].

Download 3,83 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Download 3,83 Mb.